Android’da avvaldan bo‘lgan YouTube funksiyasi, nihoyat, iPhone va iPad’larga ham yetib keldi! (+video)

  •   DiMaX
  •  578
  •  29.08.2020 12:07

Android’da avvaldan bo‘lgan YouTube funksiyasi, nihoyat, iPhone va iPad’larga ham yetib keldi! (+video)

Ko‘pincha bitta ilovaning turli operatsion tizimlarga mo‘ljallangan versiyalari dizayn va funksionaliga ko‘ra o‘zaro farq qiladi. YouTube borasida ham shunaqa: uning Android-qurilmalarga mo‘ljallangan kliyentida mavjud bo‘lgan bir funksiya «tishlangan olmali» gadjetlar egalariga endigina taqdim etilyapti.

O‘QING: Internetda video ko‘rganda qancha megabaytingiz sarflanishini bilasizmi?

Avvalroq taqdim etilgan yangi – iOS 14 operatsion tizim talqinigacha yangilanadigan ayfonlar ro‘yxatini allaqachon e’lon qilganmiz. Undagi yangi imkoniyatlardan biri «rasm ichida rasm» (Picture in Picture) rejimidir. Bilsangiz kerak – u videoni boshqa ilova ustida kichik oyna shaklida tomosha qilish imkonini beradi.

Ushbu funksiya e’lon qilingach, foydalanuvchilar uning YouTube ilovasida qanday yo‘lga qo‘yilganiga qiziqa boshlashdi. Zero, eng ommabop videoxosting Android uchun taqdim etgan ilovada bunday imkoniyat avvaldan mavjud. Lekin undan foydalanish uchun roliklardan reklamani olib tashlovchi YouTube Premium pulli obunasini rasmiylashtirish talab etiladi.

O‘QING: YouTube’dan reklamalarni olib tashlashning o‘ta oson yo‘li topildi!

Kishilarning ijtimoiy tarmoqlarda xabar qilishlaricha, Google kompaniyasi iOS hamda iPadOS uchun YouTube ilovasiga ham «rasm ichida rasm» funksiyasini qo‘sha boshlagan.

Hozirda u kam sonli foydalanuvchilarga taqdim etilgan va faqatgina onlayn-translyasiyalarda ishlaydi. Ya’ni, bu holatni mazkur funksiyaning sinovdan o‘tkazilishi deya baholash mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Android-devayslarda bo‘lgani kabi, ayfon va aypadlarda ham «rasm ichida rasm» funksiyasi faqat YouTube Premium pulli obunasi bilan ishlaydigan bo‘ladi.

O‘QING: YouTube’dagi yangi qulaylikdan endi siz ham foydalana olasiz! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!