Android’da keng imkoniyatlar uchun dasturchi menyusini faollashtiramiz

  •   DiMaX
  •  2984
  •  03.01.2020 14:46

Android’da keng imkoniyatlar uchun dasturchi menyusini faollashtiramiz

Google’ning mobil operatsion tizimi juda ko‘p sonli sozlamalarga ega, ammo ulardan ayrimlari oddiy foydalanuvchining «qo‘li yetmaydigan» joyga yashirilgan. Ulardan foydalanish uchun smartfon yoki planshetda dasturchi rejimini faollashtirish lozim.

O‘QING: Android-qurilmalar egalariga xushxabar bor!

Garchi bu rejim asosan dasturchilarga mo‘ljallangan sozlamalarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa-da, ularning ko‘pchiligini oddiy foydalanuvchilar ham qo‘llashlari mumkin. Ularni smartfon sozlamalarida aks ettirish uchun uch qadamli oddiy harakatni amalga oshirish kifoya:

  1. Android-qurilmangizdagi sozlamalar – «Nastroyki»ni ochib, «O telefone» bo‘limiga o‘ting.
  2. Eng oxiriga tushib, «Nomer sborki» (aksariyat Xiaomi smartfonlarida – «Versiya MIUI») qatorini toping.
  3. Uning ustiga ketma-ket yetti marta tez-tez bosing.

Shunda siz endi dasturchi (razrabotchik) bo‘lganingiz haqida bildirishnoma ekranga chiqadi; sozlamalar menyusida esa tegishli bo‘lim paydo bo‘ladi.

Dasturchilar menyusi sizga smartfoningizni boshqarish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etadi. Jumladan, qurilmaning modeli va Android versiyasiga bog‘liq holda, quyidagilarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi:

  1. Fayllarni bevosita tashqi xotiraga saqlab olish.
  2. Ko‘p oynali rejimni yoqish.
  3. Quvvatlanayotgan payti ekranni yoqiq qoldirish.
  4. Tizim animatsiyalarini tezlashtirish.
  5. Oq-qora rejimga o‘tish.

Shu va boshqa qo‘shimcha opsiyalar haqida keyingi maqolalarimizda ma’lumotlar berib boramiz, bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Istalgan smartfonda Android avtomatik yangilanishini o‘chirib qo‘yishning eng oson ikkita yo‘li

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.