Android'da video montaj uchun 10 ilova

Android'da video montaj uchun 10 ilova

Video tahrirlash har qanday qurilma uchun qiyin vazifa hisoblanadi. Kompyuterda video montaj qilish uchun qurilmadan yetarlicha darajada kuchli texnik jihatlar: katta operativ va doimiy xotira, montajchidan esa ko‘nikma talab qilinadi. Smartfonlarning esa Final Cut Pro yoki Adobe Premiere Pro kabi ilovalarni ko‘tarishga kuchi yetmaydi. Ammo Android uchun chiqarilgan ba’zi ilovalar borki, ular sodda montaj ishlarini qoyilmaqom bajara oladi. Quyida Android tizimi uchun mo‘ljallangan o‘nta eng yaxshi video montaj ilovasini keltirib o‘tamiz.

ActionDirector

Narxi: Tekin/3.99 dollar

ActionDirector kompyuterlarda video tahrirlashda ishlatiladigan eng mashhur dasturlardan. Dasturning Android uchun chiqarilgan talqini ham bor bo‘lib, u bilan sodda montaj ishlarini bajarsa bo‘ladi. ActionDirector videoga musiqa qo‘shish va matn qo‘shish, ortiqcha kadrlarni kesish, slou-moushn qilish va boshqa ko‘plab amallarni bajarish imkonini beradi. Ushbu ilova 4K formatni qo‘llab-quvvatlovchi ilovalardan biri hamdir, ammo qurilmangiz 4K'ni ko‘taradimi-yo‘qmi, buni avvaldan tekshirib olishingiz kerak.

ActionDirector'ni yuklash

Adobe Premiere Rush

Narxi: Tekin/Oyiga 53.99 dollargacha

Adobe Premiere Rush o‘rtachadan yuqori sifatli ikki montaj ilovalarining biridir (ikkinchisi esa Adobe Premiere Clip'dir). Ushbu ilova nisbatan yangi bo‘lib, sizga yoqishi aniq. Dasturda bulutli sinxronlash va ilg‘or tahrirlash uskunalari mavjud. Dasturchilar ilova interfeysini yanada yaxshilashi, bir qator kamchiliklarni tuzatishi kerak, lekin shunday bo‘lsa ham, ushbu dastur potensiali juda yuqori. Bundan tashqari, bu ilova Adobe Creative Cloud a’zoligi tarkibiga ham kiradi. Agar siz bu servisdan foydalansangiz, Adobe Premiere Rush'ni sinab ko‘rish sarflagan vaqt va mablag‘ingizga arziydi.

Adobe Premiere Rush'ni yuklash

FilmoraGo

Narxi: Tekin/7.99 dollar

FilmoraGo WonderShare tomonidan yaratilgan video tahrirlash dasturi hisoblanib, uni hech ikkilanmasdan eng yaxshi dasturlardan deyish mumkin. Dastur bilan videolarni kesish, o‘zgartirish, turli effektlar qo‘shish va shu kabi amallarni bajarish mumkin. Shuningdek, videolarni teskari harakatlantirish, Instagram uchun kvadrat (1:1) videolar, YouTube uchun esa 16:9 videolar yaratish mumkin. Bunga qo‘shimcha, FilmoraGo'da videoga musiqa, slou-moushn, perexod va overleylar qo‘shsa bo‘ladi. Ichki xaridlar bilan bularga qo‘shimcha boshqa funksiyalarga ega bo‘lish mumkin, ammo ko‘plab funksiyalar tekin taqdim qilinadi.

FilmoraGo'ni yuklash

Funimate Video Editor

Narxi: Tekin, ammo ichki xaridlar mavjud

Funimate negadir ommabop, ammo unchalik ham kuchli bo‘lmagan video montaj ilovalaridan. Dastur yaratuvchilari bu ilovani smartfoningizda bor rasm va musiqalardan musiqiy va oddiy videolar yaratishga qulay dastur deb reklama qiladi. 15 xildagi filtrlardan foydalanish mumkin, video yaratish ham unchalik qiyin emas. Ammo video montaj uchun jiddiy dastur qidirayotgan bo‘lsangiz, boshqa variantlarni ko‘rganingiz ma’qulroq. Sababi Funimate, asosan, ijtimoiy tarmoqlar uchun qisqa videolar yaratishga mo‘ljallangan.

Funimate'ni yuklash

InShot

Narxi: Tekin/oyiga 2.99 dollar/yiliga 9.99 dollar/umrbodlik to‘lov 29.99 dollar

InShot filtrlar, video kesish va qisqa videolar yaratishga ixtisoslashgan o‘ta sodda dasturdir. InShot'da video chetlarini qirqish, musiqa tanlash, stikerlar qo‘yish, video tezligini nazorat qilish kabi funksiyalar bor bo‘lib, YouTube, TikTok va shu singari platformalarga mo‘ljallangan videolar yaratishda ayni qo‘l keladi.

InShot'ni yuklash

KineMaster

Narxi: Tekin/oyiga 4.99 dollar

KineMaster hozirda mavjud eng kuchli video tahrirlash ilovalaridandir. Ushbu dasturda boshqa ilovalardagi kabi sodda amallar bajarish bilan bir qatorda boshqa funksiyalarga ham ega bo‘lasiz. Bir qator audio filtrlar, xromakey, video effektlar, perexodlar ham mavjud. KineMaster boshqa raqobatchilaridan anchayin ustun hisoblanadi. Undan hatto YouTube'ga video yaratish uchun foydalansangiz bo‘ladi. Ilovani biroz muddat sinov rejimida ishlatib, keyin esa oyiga 4.99 dollardan to‘lab borishingizga to‘g‘ri keladi.

KineMaster'ni yuklash

Movie Maker Filmmaker

Narxi: Tekin

Movie Maker Filmmaker hozirda mavjud eng zo‘r video montaj ilovalaridan. Videolarni kesish, videodagi kontent joylashuvini o‘zgartirish va fokus nuqtasini belgilash kabilarni amalga oshira olasiz bu ilova bilan. Dasturda bir qator video effektlari mavjud, shuningdek, o‘ziningiz maxsus filtrlar ham yaratsangiz bo‘ladi. Videolarga musiqa qo‘yish imkoni ham bor. Qayta dizaynlash ishlari amalga oshirilganidan so‘ng, ilova ishlashida ba’zi muammolar yuzaga keldi, ammo shunda ham bu dastur Play Store'dagi eng yaxshi montajlash uskunalaridandir. Reklamalar sabab Movie Maker Filmmaker'dan butunlay tekin foydalanishingiz mumkin.

Movie Maker Filmmaker'ni yuklash

PowerDirector

Narxi: Tekin/5.99 dollar

PowerDirector ro‘yxatimizning eng ko‘p funksiyali ilovalaridan biridir. Unda juda ko‘p xususiyatlar, jumladan, tezkor montaj uskunalari, turlicha effektlar va boshqa uskunalar mavjud. PowerDirector'da sizga slou-moushn va kollaj yaratish imkoni ham taqdim qilinadi. Dastur interfeysi ham foydalanuvchi uchun tushunarli va sodda. PowerDirector'ni yuklash va foydalanish bepul, ammo barcha funksiyalarga ega bo‘lish uchun biroz mablag‘ sarflashga to‘g‘ri keladi.

PowerDirector'ni yuklash

Quik

Narxi: Tekin

Quik — yangicha avlod video tahrirlash dasturi. Agar sizga oddiyroq ilova kerak bo‘lsa, Quik ehtiyojlaringizni qondira oladi. Dasturda video yaratish uchun 50 tagacha rasm va video tanlaysiz. So‘ngra, ilova ularni tahlil qilib, bu kontentdan qisqa video yaratadi. Ilovada 20 dan ortiq video stillari bor. Quik Adobe Premiere Clip yoki PowerDirector'lardek kuchli emas, ammo bu ilovaning ham o‘z muxlislari topiladi. Quik'ni bepul yuklab ishlatish mumkin. Ichki xaridlar mavjud.

Quik'ni yuklash

VivaVideo

Narxi: Tekin/3.99 dollar

Quik o‘ta darajada mashhur ilovalardan, ammo amaliy jihatdan uning ishini a’lo deb bo‘lmaydi. Dastur, asosan, ijtimoiy tarmoqlar uchun qisqa videolar yaratishda qo‘l keladi. 200 dan ortiq filtr, turli effektlar va matn yozish funksiyasi bor. Videoni tezlashtirish yoki slou-moushnga qo‘yish imkoniyati mavjud. Dasturning bepul versiyasini ishlatsangiz, video ostida ilova logotipi chiqib turadi va har qanday video uzunligiga chegara qo‘yiladi. Bu cheklovlarni olib tashlash uchun esa pro versiyani sotib olishingiz kerak.

VivaVideo'ni yuklash

O‘ylaymizki, ushbu ro‘yxat siz uchun foydali bo‘ldi.

O‘QING: Original AirPods'ni soxtasidan qanday farqlash mumkin?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.