Android’dan 60 foizga tezkor HongMeng tizimini Xiaomi, Oppo va Vivo smartfonlarida ham sinab ko‘rishyapti!

  •   DiMaX
  •  1454
  •  14.06.2019 12:32

Android’dan 60 foizga tezkor HongMeng tizimini Xiaomi, Oppo va Vivo smartfonlarida ham sinab ko‘rishyapti!

AQSh hukumatining sanksiyalari sababli Google va boshqa ko‘plab kompaniyalar xitoylik texnogigant bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Huawei smartfonlari Android tizimidan, mahrum etilayotgan bo‘lsa-da, uning qo‘rqadigan joyi yo‘q – o‘zining HongMeng operatsion tizimini tayyorlayapti.

O‘QING: Huawei allaqachon Android kushandasi – HongMeng tizimli millionta smartfon sotib ulgurgan!

Xitoydagi Global Times gazetasining yozishicha, HongMeng operatsion tizimi Google’nikidan 60 foizga tezroq ishlar ekan. Huawei bu tizimni allaqachon smartfonlarida sinab ko‘rayotgani ma’lum, endi mazkur sinov dasturiga Xiaomi, Oppo hamda Vivo ham qo‘shilibdi. Mazkur dasturiy ta’minotning ishlab chiqilishi va sinov ishlariga dunyodagi eng yirik investitsion xolding kompaniyasi – Tencent ham bosh qo‘shgan.

Huawei korporatsiyasining B2C-segmentni rivojlantirish bo‘yicha direktori Shao Yan hozircha Hongmeng taqdimot sanasi sir ekanini aytgan. Sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, uni shu yil, avgustdan oktyabrgacha bo‘lgan muddatda rasman taqdim etishadi. Aftidan, kompaniya hali tizim ustida ishlamoqda, tayyor emasligi bois ham uning namoyish sanasi belgilanmagan.

«Alvon orzu» nomli Hongmeng operatsion tizimi Xitoydan tashqariga chiquvchi smartfonlarda Oak OS yoki Ark OS nomi bilan taqdim etilishi mumkin. Android operatsion tizimli aksariyat Huawei smartfonlarini esa 1 059 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Huawei bo‘sh kelmaydi – bir necha oydan so‘ng u Samsung’ni taxtdan ag‘darmoqchi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.