Android'ga asoslangan qaysi foydalanuvchi interfeysi eng yaxshi?

Android'ga asoslangan qaysi foydalanuvchi interfeysi eng yaxshi?

Smartfonning texnik xususiyatlari qanchalik yaxshi bo‘lsa ham, uning foydalanuvchi interfeysi ravon ishlamasligi foydalanuvchining ko‘nglini xira qiladi. Hozirda Xitoyning ko‘plab smartfon ishlab chiqaruvchilari, o‘z qurilmalari uchun Android operatsion tizimiga asoslangan qobiqlariga ega. Xo‘sh, ularning qaysi birlari "saryoq kesgandek silliq" ishlaydi? AnTuTu va Geekbench kabi smartfonlar uchun sinov dasturi bo‘lgan Master Lu ilovasi 2022-yil birinchi choragiga ko‘ra mobil smartfonlar UI silliqligi reytingini e’lon qildi. Ushbu reyting ma’lumotlari 2022-yil 1-yanvardan 2022-yil 31-martgacha mavjud bo‘lgan smartfonlardan olingan bo‘lib, unda faqat Android 10.0 yoki undan yuqori versiyadagi smartfonlarni test qiligan.

Ro‘yxatdan ko‘rish mumkinki, MIUI birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan, ikkinchi o‘rinda esa MIUIning ko‘proq geyming uchun mo‘ljallangan, BlackShark smartfonlariga chiqarilgan JOYUI qobig‘i bo‘lib, bu ikkala UI ham Xiaomi tomonidan yaratilgan. MIUI ravonligi o‘rtacha 207,06 ball, JOYUI esa 204,62 ball olgan. Uchinchi o‘rinni Nubia geyming brendining REDMAGIC OS tizimi o‘rtacha 203,93 ball bilan egallagan.

Xitoyning eng tez o‘sayotgan smartfon brendlaridan biri realme'ning realmeUI qobig‘i 203.57 bal bilan to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. Oppo'ning ColorOS tizimi esa 198.11 ball bilan top beshlikni yakunlaydi.

Ro‘yxatdagi qolgan besh o‘rinni mos ravishda OnePlus ColorOS, Honor Magic UI, Motorola MYUI, Vivo OriginOS va ASUS ROG UI qobiqlari egallagan.

O‘QING: Samsung tez orada One UI 5.0 sinovini boshlaydi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!