Androidlar endi shirinliklar nomi bilan atalmaydi

Androidlar endi shirinliklar nomi bilan atalmaydi

«Google» bunday buyon «Android» amaliy tizimlarini desertlar nomi bilan atamaydi. Mana masalan, oxirgi versiyasi shunchaki — «Android 10».

O‘QING: Android 10 nomini Google rahbari tasodifan «sotib» qo‘ydi: bunisi endi shirin emas ekan!

Shu paytgacha androidlar shirinliklar nomi bilan atalib kelinardi: «Gingerbread», «Ice Cream Sandwich», «Jelly Bean», «KitKat», «Lollipop, «Marshmallow», «Nougat», «Pie», ya’ni har xil pechenelar, muzqaymoqlar, shokoladlardan tortib piroggacha.

Android with map

Oxirgi versiyani bir oz muddat «Q» deb atashdi, keyin oddiygina «Android 10» qilib qo‘yishdi.

«Google» kompaniyasi izohiga ko‘ra, bu shirinliklarning nomlari turli mamlakatlarda yashovchi aksariyat odamlar uchun hech narsani anglatmaydi, qaysi biri eski-yangiligini ham. Buning ustiga inglizzabonlardan boshqalar bu nomlarni aytishga qiynalishadi. Quyidagi videoda Android brendi ayni damgacha bosib o‘tgan yo‘lini ko‘rish mumkin:

Kompaniya logotipdagi kichkina robot va matndagi yashil rangni ham o‘zgartirdi, aytilishicha, ko‘zi yaxshi o‘tmaydiganlar qora rangdagi matnni yaxshiroq o‘qiy olishadi.

O‘QING: Android Q talqinida hatto iPhone egalari ham havas qiladigan funksiya bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!