Android’ning keragi yo‘q: Xiaomi smartfoni HarmonyOS asosidagi MIUI bilan ishlayapti! («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1757
  •  11.05.2021 17:32

Android’ning keragi yo‘q: Xiaomi smartfoni HarmonyOS asosidagi MIUI bilan ishlayapti! («jonli» video)

Biz avvalroq HarmonyOS 2.0 proshivkasini oluvchi Huawei hamda Honor smartfonlari, planshet va smart-soatlari ro‘yxatini e’lon qilgan edik. O‘tgan oyda esa HarmonyOS 2.0 proshivkasini olishga tayyor bo‘lgan 19 ta modeldagi gadjetlarning rasmiy ro‘yxati ham chiqqan.

O‘QING: HarmonyOS kutilmaganda Android’dan tezkor va tejamkor chiqib qoldi! (+«jonli» video)

Huawei tayyorlagan ushbu operatsion tizimni ishlab chiqishga boshqa xitoylik smartfonsozlar ham yordam berayotgani, o‘z mobil gadjetlarini unga moslashlari haqida gap-so‘zlar anchadan beri bor. Atnarr Tech nomli YouTube-kanal esa shuning isboti aks etgan videorolikni e’lon qildi.

Quyidagi lavhada ko‘rishimiz mumkinki, Xiaomi smartfoni HarmonyOS 2.0 operatsion tizimi ustiga qurilgan MIUI grafik qobig‘i bilan bemalol ishlayapti:

Telefonni yoqqanda Xiaomi hamda MIUI logotiplari, shuningdek «Powered by HarmonyOS» yozuvi ekranga chiqadi.

Agarda ushbu video feyk bo‘lib chiqmasa, u holda Google o‘zining mobil operatsion tizimining kelajagi borasida cho‘chisa arziydi. Xiaomi allaqachon uchinchi raqamli smartfonsoz bo‘lib olgan va dunyo bo‘ylab yiliga ikki yuz milliondan oshiq telefon sotyapti. Agarda u o‘z smartfonlarida Android’dan voz kechib, HarmonyOS’ga o‘tadigan bo‘lsa, Google katta bozorni qo‘ldan chiqaradi.

O‘QING: HarmonyOS foydalanuvchilar uchun muhim ikkita jihatda Android’dan ustun ekan!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!