Android'ning "lokdaun" rejimidan qanday foydalaniladi?

Android'ning

Hammamiz ma'lum bir sabablarga ko'ra o'z telefonlarimizni qulflashga odatlanganmiz va bunda turli xil metodlardan foydalanamiz, lekin bu usullarning hammasi ham boshqalari kabi xavfsiz emas. Masalan, yuzni aniqlash texnologiyasini aldash siz o'ylagandanda osonroqdir. Aynan shu usulda qulflangan smartfoni begona odamning qo'lida tasodifan ochilib ketish holati kimlardadir sodir bo'lgani aniq. Yoki ko'pchilik foydalanadigan barmoq izi bilan telefonni qulflash metodi ham ba'zan pand berib qo'yishi mumkin va shu sabab paydo bo'ladigan ko'ngilsiz voqealarni oldini olish uchun sizga "lokdaun rejimi" kerak bo'lishi mumkin.

Android'ni qulflashdagi eng xavfsiz usullar - bu parollash, PIN-kodlash va naqshli qulflash usullaridir. Lokdaun rejimi yoqilganda esa yuqorida unchalik xavfsiz emas deb aytilgan yuzni, barmoqni aniqlash texnologiyalari (va agar yoqilgan bo'lsa, Smart Lock ham o'chirib qo'yiladi) va faqat naqshni chizish yoki PIN-kodni kiritish yoki parolni terish, qaysi biri o'rnatilgan bo'lsa, o'sha bilan telefonni ochish mumkin bo'ladi.

Lokdaun rejimi Android'ning to'qqizinchi yoki undan yuqori bo'lgan versiyalarida mavjud va uni Samsung Galaxy smartfonida yoqish uchun quyidagi amallarni bajarishingiz kerak:

Smartfoningizdan Settings (Sozlamalar) ilovasiga kiring yoki ekran yuqorisini pastga tortish bilan paydo bo'ladigan panelning o'ng yuqori burchagidagi tishli g'ildirak ikonkasini bosing.

Sozlamalar ichidan Lock Screen (Ekranni qulflash) bo'limiga o'ting.

U yerdan esa Secure lock settings (Xavfsiz qulf sozlarimi) ni oching. Unga kirishda sizdan joriy PIN-kod yoki naqsh qulfi yoki parol, qaysi birini o'rnatgan bo'lsangiz o'sha so'raladi.

Unga kirganingizdan keyin Show Lockdown option (Lokdaun tanlovini ko'rsatish) funksiyasini yoqib qo'ying.

Tamom.

Ana endi lokdaun rejimini smartfonning yoqish tugmasini bosib turish bilan chiqadigan menyudan topishingiz va yoqishingiz mumkin.

Avval aytilganidek, lokdaun rejimi avvaldan o'rnatilgan yuz yoki barmoqni izini aniqlash, shuningdek, Smart Lock bilan qulfdan ochiladigan metodlarni o'chirib qo'yadi va telefonni ochish uchun naqshni chizish yoki PIN-kodni kiritish yoki parolni terish kerak bo'ladi.

Eslatma: lokdaun rejimi "bir martalik" bo'lib, telefon lokdaun rejimidan ochilganidan keyin u avtomatik tarzda o'chib qoladi va undan yana foydalanmoqchi bo'lsangiz uni yoqish tugmasini bosib turish orqali chiqadigan menyudan qayta yoqishingiz kerak bo'ladi.

O'QING: Eng ko'p tarqalgan Android versiyasi bu...

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!