Android’ning umuman keragi yo‘q: Harmony OS va «yashirin kamera»li Huawei Mate 40’ni ilk bor «jonli» ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  3323
  •  12.05.2020 13:40

Android’ning umuman keragi yo‘q: Harmony OS va «yashirin kamera»li Huawei Mate 40’ni ilk bor «jonli» ko‘ramiz!

Huawei kompaniyasi o‘zining Mate 40 turkumidagi flagmanlarini hali kuzga boribgina taqdim etadi. Lekin ulardan eng ilg‘ori – Mate 40 Pro modelidagi bitta yangi texnologiya ma’lum.

O‘QING: Huawei kamerasini sensorli displey o‘rab turuvchi smartfon patentladi!

Xitoyning telekommunikatsiya giganti o‘zining Harmony OS operatsion tizimini turli qurilmalarga tushadigan qilib tayyorlagani haqida yozganmiz. Huawei hattoki Android-smartfonlarni bu tizimga o‘tkazishga qancha vaqt ketishi ham rasman aytilgan.

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilinib, internetda tarqalgan yangi suratda esa Huawei’ning umuman Android tizimisiz birinchi smartfoni aks etgan. Harmony OS operatsion tizimli bu qurilmani aynan Huawei Mate 40 modeli, deyishmoqda.

Rasmdagi smartfonning displeyi hoshiyalari xuddi Huawei P40 Pro flagmanidagi kabi yupqa. Biroq, Harmony OS operatsion tizimidan tashqari, uning asosiy o‘ziga xosligi – unda old kamera uchun ekranda kemtik yoki tirqish yo‘q. Faqat displeyning yuqori qismi o‘rtasida bitta kvadrat, ikkita doiracha shaklida ekranosti kamera modullari sal-pal ko‘zga tashlanadi. Aftidan, unda ekranosti kamera (yoki yashirin kamera) qo‘llanadi.

Lekin ayrim kuzatuvchilar bu rasmning feyk ekanligini ta’kidlashmoqda. Masalan, HuaweiCentral nashri kamera modullarining noaniqligi va Huawei Mate 30 Pro modeliga o‘xshashi, shuningdek, aralash grafik interfeys ham shubhali ekanini yozgan.

O‘QING: Google cho‘chib qoldi: u AQSh hukumatidan Huawei uchun afv so‘rayapti!

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!