Android’ning yana bir «kushanda»sini Facebook tayyorlayapti!

  •   DiMaX
  •  1051
  •  20.12.2019 15:24

Android’ning yana bir «kushanda»sini Facebook tayyorlayapti!

Hozirda dunyo bo‘ylab eng keng tarqalgan mobil operatsion tizim, tabiiyki, Android hisoblanadi; ikkinchi o‘rinda esa Apple iOS ketyapti. Huawei ham o‘zining Harmony OS tizimini namoyish etgan bo‘lsa-da, hali amalda smartfonlarga o‘rnatilmayapti.

O‘QING: Android-qurilmalar egalariga xushxabar bor!

Ayrim xabarlarga ko‘ra, Facebook kompaniyasi ham o‘zining operatsion tizimini yaratish ustida ish boshlagan. Bunda unga Microsoft’ning sobiq xodimlari ko‘maklashishmoqda. Jumladan, o‘z vaqtida Windows NT tizimini yaratishda ishtirok etgan Mark Lukovskiy (Mark Lucovsky) ham yangi jamoaga kirgan.

Yangi operatsion tizim Facebook kompaniyasi mahsulotlarini asosiy raqobatchi ishlanmasi – Google Android tizimiga tobelikdan xalos etishi lozim. Tayyorlanayotgan tizim modifikatsiya qilingan versiyada kompaniyaning bir qator yechimlari – Oculus hamda Portal’da qo‘llanadi.

O‘QING: Taqiqlaganingiz befoyda, Facebook baribir sizni poylab yuribdi!

Facebook apparat ta’minoti bo‘linmasi boshlig‘i Endryu Bosvort (Andrew Bosworth) bu xususda shunday deydi:

«Biz chindan ham keyingi avlod yechimlarimiz butunicha o‘zimizniki bo‘lishiga ishonch hosil qilmoqchimiz. Biz bozorga yoki raqobatchilarimizga ishonsa bo‘ladi, deb o‘ylamaymiz; shuning uchun ham buni o‘zimiz qilmoqchimiz».

Oculus va Portal’dan tashqari, Facebook yana to‘ldirilgan borliq ko‘zoynagi ustida ham ishlamoqda. Kodli nomi Orion bo‘lgan bu devays 2023 yilning boshida savdoga chiqishi kutilmoqda. Ayni shu mahsuloti Facebook’ning o‘z operatsion tizimida ishlovchi ilk devays bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Collapse OS – «Oxirzamon operatsion tizimi» yaratildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!