Angry Birds o‘n yoshda

Angry Birds o‘n yoshda

10 yil oldin chiqqanidan buyon Angry Birds'ning rang-barang qushlari yosh va yosh bo‘lmagan geymerlar o‘rtasida keng ommalashib ulgurdi.

O‘yinning ilk jumboqli ko‘rinishidan so‘ng bir necha versiyalar chiqarildi, franshizalar qamrovi kengayib, poyga, RPG, otishma, pinbol va boshqa turdagi versiyalar ham chiqarila boshladi. 

2016 yilda "Jahldor qushlar" multfilmi ham yaratildi (joriy yil boshida esa ikkinchi qismi chiqdi). Ma’lum bo‘lishicha, 2020 yilda o‘yin asosidagi ko‘p qismli mult-serial ham yaratiladi.

Hozirgacha, o‘yin 4.5 milliard marotaba yuklangan bo‘lib, Angry Birds'ning ba’zi versiyalari nafaqat telefonlar, balki o‘yin konsollari uchun ham yaratilgan. O‘yin qahramonlari model va niqoblari ham ko‘p sotilgan, aynqisa, bayramlar paytida.

O‘QING: Nihoyat, bu mashhur o‘yin Google Play’ga ham chiqishi mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!