Animatsiyali emoji yoki stikerlar bilan avatarlar yaratish

Animatsiyali emoji yoki stikerlar bilan avatarlar yaratish

macOS uchun Telegram'ning 8.7 sinov versiyasida foydalanuvchilarga o'zlarining avatarlarini yaratish imkonini beruvchi xususiyat qo'shilgani ma'lum bo'ldi. Endilikda siz profilingiz uchun o'z suratingiz yoki videoyingizni yuklash o'rniga ilova ichidagi dizayner orqali turli xil emojilar yoki stikerlar yoki harflardan to'g'ridan-to'g'ri avatar yaratishingiz mumkin bo'ladi.

Avatar yaratish uchun "Sozlamalar" bo'limiga o'tishingiz, u yerdan "Profilni tahrirlash"ni va keyin profilingiz avatarini bosib, ochilgan kontekst menyudan "Sozlash..." tugmasini bosishingiz kerak bo'ladi. Sizga uch xil: Emoji, Sticker va Monogram yorliqli oyna ochiladi.

Emoji bo'limida siz Telegram'ning animatsiyali emojilaridan birini avataringizga qo'yishingiz, uning o'lchamini to'g'rilashingiz va orqa fonini sozlashingiz mumkin bo'ladi. Orqa fon uchun oddiy yoki naqshli gradient tanlasa bo'ladi.

Sticker bo'limida siz o'zingizning stikerlar toʻplamingizdagi istalgan stikerni avatar uchun tanlashingiz va uni ham masshtabi va orqa fonini o'zgartirishingiz mumkin.

Monogram bo'limi sizga istalgan ikki harf simvol bilan avatar yaratish imkonini beradi va unda ham orqa fon va o'lchamni sozlasa bo'ladi.

Avatar yaratish nafaqat o'zingizni profilingiz, balki, Telegram kanalingiz yoki guruhingiz uchun ham ishlaydi.

Bundan oldin Telegram kanal administratolari uchun postlarga izoh qoldiruvchilarni tanlash funksiyasini sinayotgani ma'lum bo'lgan edi.

O'QING: Faqat guruh a'zolari uchun izoh qoldirish

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.