Anonsdan avval Xiaomi Mi Mix 4’ning barcha texnik jihatlari sizdirildi!

  •   DiMaX
  •  687
  •  10.08.2021 15:41

Anonsdan avval Xiaomi Mi Mix 4’ning barcha texnik jihatlari sizdirildi!

Xiaomi korporatsiyasi anchadan beri kutilayotgan Mi Mix 4 smartfonini bugun – 10 avgust kuni taqdim etadi. Rasmiy namoyishi oldidan ushbu qurilmaning deyarli barcha xususiyatlari internetga chiqib ketdi.

O‘QING: Keramik Xiaomi Mi MIX 4’ni ilk bor har ikki tomonidan rasman ko‘rsatishdi! (+GeekBench natijasi)

Aytishlaricha, quyidagi skrinshot Xiaomi Mi Mix 4 rasmiy taqdimot materiallaridan olingan. Unga ko‘ra, smartfon o‘lchami 6,67 dyuymlik, tasvir aniqligi 2400x1080 piksellik AMOLED-ekran bilan jihozlanmoqda. Mazkur qurilmaning Corning Gorilla Glass Victus himoya shishasi bilan muhofaza etilgan displeyi Dolby Vision hamda HDR 10+ texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Flagmanning bosh kamerasida asosiy datchik sifatida 108 megapiksellik Samsung ISOCELL HMX moduli qo‘llanadi. Unga 13 MPlik sensor (ultra keng burchakli ob’yektiv bilan) hamda 8 MPlik periskop modul (5 karralik optik zumga ega) hamrohlik qiladi. Ekranosti selfi-kamera aniqligi esa 20 megapikselni tashkil etadi.

Mi Mix 4 amerikalik chipsozning eng kuchli – Qualcomm Snapdragon 888 Plus protsessori bazasidagi ilk smartfon ekanligi bilan ham maqtana oladi. Uning batareyasi 4500 mA/soatlik tok sig‘imiga ega bo‘lib, simli usulda 120 vatt, simsiz usulda esa 50–80 vattlik texnologiya bo‘yicha quvvatlana oladi.

Kompaniya ushbu devaysini kul rang, oq va qora korpuslarda taklif etadi. Uning o‘lchamlari 162,65x75,35x8,02 millimetrni, vazni esa 225 grammni tashkil etadi. Uning narxi hozircha noma’lum, O‘zbekistonda sotilayotgan Xiaomi smartfonlarining Mediapark.uz, Asaxiy.uz, Openshop.uz hamda Olcha.uz onlayn do‘konlaridagi narxlari bilan esa mana bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: Allaqachon do‘konga chiqqan Mi Mix 4’ning ishlayotgan holdagi qayishqoq ekranini «jonli» videoda ko‘rsatishdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!