Antiqa reyting: 2020 yilning eng yomon o‘nta o‘yini!

  •   DiMaX
  •  3585
  •  19.12.2020 14:30

Antiqa reyting: 2020 yilning eng yomon o‘nta o‘yini!

Odatda yilning eng yaxshi o‘yinlari e’tirof etiladi, masalan, The Game Awards 2020  marosimida bu yilgi eng zo‘rlari taqdirlangan. Shuningdek, 2020 yil bo‘ycha Google Play talqiniga ko‘ra eng yaxshi o‘yinlar hamda Apple gadjetlari va servislari uchun eng ma’qul o‘yinlar ro‘yxatlari ham chiqqan.

O‘QING: Golden Joystick 2020: O‘yinlar olamida naq 25 ta nominatsiya bo‘yicha eng zo‘rlari

Taqrizlar agregatori bo‘lgan Metacritic sayti esa aksincha – yakuniga yetayotgan yildagi eng yomon o‘yinlar reytingini taqdim etdi. Bu ro‘yxat tanqidchilar past baholashlariga ko‘ra shakllantirilgan.

Unda birinchi o‘rinda Nintendo Switch konsoli uchun chiqarilgan Tiny Racer poyga o‘yini turibdi. 100 ballik baholash tizimida atigi 29 ball olgan bu o‘yin yana pulli ham – 10 dollar turadi.

2020 yilning eng yomon o‘yinlari ro‘yxati quyidagicha:

  1. Tiny Racer (Nintendo Switch uchun) – 29 ball
  2. XIII Remake (Xbox One uchun) – 32 ball
  3. Dawn of Fear (PS4 uchun) – 33 ball
  4. Fast & Furious Crossroads (kompyuter uchun) – 34 ball
  5. Arc of Alchemist (Switch uchun) – 36 ball
  6. Remothered: Broken Porcelain (kompyuter uchun) – 39 ball
  7. Tamarin (PS4 uchun) – 40 ball
  8. Street Power Soccer (PS4 uchun) – 41 ball
  9. Gleamlight (Switch uchun) – 42 ball
  10. The Elder Scrolls: Blades (Switch uchun) – 42 ball

Xo‘sh, siz bularni o‘ynab ko‘rganmisiz? O‘zingiz o‘ynagan o‘yinlar orasida qaysi birini eng yomoni, deb hisoblaysiz?

O‘QING: Smartfon egalari 2020 yilda qaysi o‘yinlarga eng ko‘p pul sarflashdi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!