Antiqa reyting: koronavirusdan kim ko‘proq daromad ko‘rdi?

  •   DiMaX
  •  2328
  •  25.03.2020 13:30

Antiqa reyting: koronavirusdan kim ko‘proq daromad ko‘rdi?

Hozirda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida tarqalib ulgurgan koronavirus pandemiyasi iqtisodiyot, turizm va boshqa ko‘plab sohalarga ziyon keltirmoqda. Ammo ushbu xastalik tarqalishining foydali tomonlari ham, u tufayli daromad orttirib olayotganlar ham bor.

O‘QING: Xitoyda koronavirus epidemiyasining ilk foydasi namoyon bo‘ldi!

Sensor Tower tahlil kompaniyasi iOS hamda Android platformalarida fevral oyida eng ko‘p daromad keltirgan mobil o‘yinlar bo‘yicha hisobotini e’lon qildi. Aytish kerakki, ayni shu oyda butun Xitoy karantinda bo‘lib, qolgan mamlakatlar endi-endi cheklovlar o‘rnata boshlashgan edi.

Fevral oyi yakunlariga ko‘ra, PUBG Mobile eng serdaromad o‘yin bo‘lgan – o‘z dasturchilariga u o‘tgan oyning o‘zidayoq 191,6 million dollar keltirgan. Agarda bu ko‘rsatkichni 2019 yilning fevralidagi natijalar bilan solishtirsak, o‘sish naq besh karrani tashkil etadi!

Shuningdek, eng serdaromad o‘yinlar top-o‘ntaligiga Pokemon GO ham kirib olgan, ammo martdayoq u mazkur reytingni tark etsa kerak.

O‘QING: 77 yashar pokemon ovchisi koronavirus sababli o‘zi «ovlandi»

Quyidagi jadvalda uchta reyting aks etgan – umumiy holatda, App Store katalogida va Google Play do‘konida eng ko‘p daromad keltirgan o‘yinlar o‘ntaliklari:

Mobil o‘yinlarda daromadning bunday keskin ko‘tarilishi, tabiiyki, Xitoyda karantin bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilganligi bilan bog‘liq. «Osmon osti saltanati»ning asosiy aholisi bu paytda o‘z uyidan deyarli chiqmagan; bo‘sh paytida esa o‘yinlar o‘ynagan. Mobil o‘yinlar esa bir qator Osiyo mamlakatlarida kompyuter va pristavkalardagidan ko‘ra ko‘proq ommalashmoqda.

Aftidan, o‘yinlarning ko‘p daromad keltirishi mart oyida ham davom etadi; zero, hozirda juda ko‘p mamlakatlarda karantin choralari qo‘llanmoqda. Shuni hisobga olib, O‘zbekistondagi mobil aloqa operatorlari ham o‘z abonentlari uchun bir qator saytlarga bepul kirish imkonini taqdim etishmoqda.

O‘QING: Internet ikki oy tekin bo‘ladimi? «O‘zbektelekom» aniqlik kiritdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!