ANTIQA TEST VIDEOSI: Redmi Note 7 ekranini oshtaxta qilib ishlatishdi!

  •   DiMaX
  •  3118
  •  12.01.2019 09:04

ANTIQA TEST VIDEOSI: Redmi Note 7 ekranini oshtaxta qilib ishlatishdi!

Xiaomi kompaniyasi kuni kecha taqdim etgan Redmi Note 7 smartfonining asosiy o‘ziga xosliklaridan biri – korpusi va ekranining mustahkamligidir. Videolarda uni yigitlar polga tashlab tepkilab, qiz nozik poshnasida ezg‘ilab, do‘mboq yigit ustiga sakrab o‘tirib va yana ekrani bilan yong‘oq chaqib ham ko‘rsatishgan.

O‘QING: Atigi 150 dollarlik Redmi Note 7 taqdim etildi – 48 MPlik qo‘sh kamera, yong‘oq chaqishga yaraydigan ekran!

Internetga chiqarilgan yangi mustahkamlik testi videosi esa yanada g‘alati: unda Redmi Note 7 ekranidan oshtaxta sifatida foydalanib, ya’ni uning ustida o‘tkir pichoq yordamida turli mahsulotlarni chopib ko‘rsatishgan! To‘g‘ri, ushbu tasvir GIF formatiga o‘girilgan va sifati ham uncha yaxshi emas. Lekin baribir ko‘rishga arziydi:

Guvohi bo‘layotganingizdek, ustida narsa chopilganidan keyin ham Redmi Note 7 displeyi ishlashda davom etavergan. Darvoqe, uning yana bitta muhim jihati ma’lum bo‘ldi: bu – Xiaomi tomonidan 18 oylik kafolat berilayotgan ilk smartfondir.

Mazkur qurilma savdosi 15 yanvardan boshlanadi, Xiaomi kompaniyasining ayrim smartfonlarini esa allaqachon Terashop.uz internet-do‘konimizdan olish mumkin.

O‘QING: 809 000 so‘mdan boshlanuvchi Xiaomi smartfonlari narxlari (2019 yil 11 yanvar) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!