ANTIREKORD: Apple protsessorli iPad Pro to‘rt karra «ochofat»roq ekan!

  •   DiMaX
  •  345
  •  24.05.2021 11:19

ANTIREKORD: Apple protsessorli iPad Pro to‘rt karra «ochofat»roq ekan!

iPad Pro planshetlarining so‘nggi modelini kupertinolik kompaniya o‘zining desktop darajasidagi Apple M1 protsessori bilan taqdim etgan. Shu boisdan ushbu chipset an’anaviy smartfon protsessorlaridan ko‘ra ko‘proq energiya talab etishi ma’lum edi, lekin u kutilganidan ham «ochofat» chiqdi!

O‘QING: AnTuTu’da yangi rekord: million balldan yuqori natijaga erishgan ilk gadjet!

Yangi rusumdagi iPad Pro planshetida Divinity: Original Sin II o‘yinini sinab ko‘rishdi; ushbu test Apple M1 chipsetining kuchini va «ishtaha»sini ko‘rsatdi. Protsessor jamlanmasidagi sakkiz yadroli CPU hamda sakkiz yadroli GPU ishlashi uchun 19,9 vatt kerak bo‘lgan.

Garchi maksimal ko‘rsatkich bo‘lsa ham bu juda katta energiya sarfi hisoblanadi. Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak, Exynos 2100 protsessori undan salkam to‘rt baravarga kam, ya’ni 5–6 vatt talab etadi.

Quvvat sarfining bunchalik yuqori darajasi M1 bazasidagi iPad Pro planshetining 2020 yilgi modelnikidan kattaroq akkumulyator bilan ta’minlangani bejiz emasligidan dalolatdir.

O‘QING: Eng «ochofat» 50 ilova: Instagram, Telegram, TikTok... (infografika)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.