Antireyting: 2019 yilning eng yomon o‘yinlari o‘ntaligi (+video)

  •   DiMaX
  •  2222
  •  18.12.2019 10:33

Antireyting: 2019 yilning eng yomon o‘yinlari o‘ntaligi (+video)

Metacritic agregatori oxirgi o‘n yillikning eng yaxshi o‘yinlarini ikkita reytingda aks ettirgani haqida yozgandik. Endi u yakuniga yetayotgan yilning eng yomon o‘yinlari antireytingini ham e’lon qildi.

O‘QING: Yilning eng zo‘r o‘yinlari taqdirlandi: The Game Awards 2019 (+videolar)

Agregator turli o‘yinlarni aniq mezonlar asosida baholab, eng kam ball olganlarini o‘ntalik «antitop»ga kiritdi. Buning uchun 2019 yilning 1 yanvaridan buyon chiqqan va kamida yettita taqrizga ega bo‘lgan o‘yinlar orasidan eng past baholanganlari saralangan.

Xullasi kalom, eng yomon chiqqan o‘yinlar o‘ntaligi quyidagicha:

  1. Eternity: The Last Unicorn (PlayStation 4) – 36 ball.
  2. Left Alive (PlayStation 4) – 37 ball.
  3. Blades of Time (Switch) – 38 ball.
  4. Contra: Rogue Corps (Switch) – 40 ball.
  5. Dollhouse (PlayStation 4) – 41 ball.
  6. WWE 2K20 (PlayStation 4) – 43 ball.
  7. FIFA 20: Legacy Edition (Switch) – 43 ball.
  8. Submersed (PlayStation 4) – 44 ball.
  9. Generation Zero (PlayStation 4) – 45 ball.
  10. Narcos: Rise of the Cartels (PC) – 46 ball.

O‘QING: Android-smartfonlar uchun internetsiz ishlovchi o‘nta bepul yangi o‘yin

Mana, Metacritic agregatori antireytingida eng past ball olgan o‘yinning treylerini tomosha qilamiz:

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Google kompaniyasi Android-qurilmalar uchun 2019 yildagi eng yaxshi o‘yinlar ro‘yxatini e’lon qilgandi. Shuningdek, iPhone, iPad va boshqa Apple devayslari uchun shu yilning eng zo‘r ilova hamda o‘yinlar reytingi, bundan tashqari, 2019 yili iPhone’larda eng ommalashgan pulli va bepul o‘yinlar ro‘yxatlarini ham taqdim etganmiz.

O‘QING: The Game Awards 2019’da ko‘rsatilgan 31 ta eng qiziq video

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!