AnTuTu 2017 yilning eng ommalashgan smartfonlarini e’lon qildi

AnTuTu 2017 yilning eng ommalashgan smartfonlarini e’lon qildi

An’anaga ko‘ra, taniqli AnTuTu benchmarki mutaxassislari 2017 yilda eng yaxshi sotilgan va ommalashgan smartfonlar reytingini e’lon qilishdi. "TOP 10" talikdagi mobil aloqa vositalari ro‘yxati benchmark ilovasidan foydalanuvchi smartfon egalarining ovozlariga ko‘ra shakllantirilgan.

1-o‘rin: OnePlus 5

Korpus qalinligi 7,25 mm bo‘lgan bu devays "jahonning eng yupqa smartfoni" degan nomga da’vogar.

2017 yilning 20 iyunida taqdim qilingan. 5.5 dyuymli FHD (1080 × 1920 pikselli) ekran 2.5D effektiga ega Gorilla Glass 5 qayrilma himoya shishasi bilan qoplangan. Ekran Optic AMOLED texnologiyasida ishlaydi.

Gadjet 64 bitli va 8 yadroli, 2.45 Ggs chastota tezligida ishlaydigan, 1 kristalli ilg‘or Snapdragon 835 protsessori bilan ta’minlangan. Smartfonning grafik-tasvirlarini qayta ishlash Adreno 540 videokartasi zimmasiga tushadi. Ishlab chiqaruvchining aytishicha, OnePlus 5 Android smartfonlar orasida eng tezkor ishlaydigan gadjet.

Gadjetning bosh kamera modullaridan biri Sony IMX398 sensori bo‘lib, u 16 megapikselli va optik linzasining hajmi — f/1.7.

Shuningdek, qo‘sh sensorlarning ikkinchisiga Sony IMX 398 moduli o‘rnatilgan. U telefoto linzasi bo‘lib, f/2.6 standartidagi aperturaga ega hamda 20 megapikselli suratlar oladi. Bu linza manzarani 2 karralik yaqinlashtirish funksiyasiga ega. Qo‘sh kameralarda keng burchakli suratlar olish rejimi, avtofokus hamda barqarorlashtirish funksiyalari mavjud. Bosh kamerada orqa fonni xiralashtirib suratga olish mumkin.

OnePlus 5’ning old kamerasi uchun 16 MP va f/2.0 aperturali, barqarorlashtirish funksiyasiga ega selfi-kamerasi tanlangan.

OnePlus 5 O‘zbekiston smartfon bozorida 500 AQSh dollaridan boshlab sotilmoqda.

Quyida mazkur reytingga kiritilgan smartfonlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot oling. 

2-o‘rin: OnePlus 3

3-o‘rin: Meizu Pro 6 Plus

4-o‘rin: OnePlus 3T

5-o‘rin: Xiaomi Mi Max

6-o‘rin: Samsung Galaxy S8

7-o‘rin: Xiaomi Redmi Note 3

8-o‘rin: Samsung Galaxy S8+

9-o‘rin: Xiaomi Mi6

10-o‘rin: Xiaomi Redmi 4

Ta’kidlab o‘tish kerakki, AnTuTu – asosan Xitoyda ommalashgan va shu bois ham bu resursda asosan Xitoy smartfonlari sinovdan o‘tkaziladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!