AnTuTu: Android-smartfonlarning yangi «qirol»i chindan ham Apple’ning so‘nggi flagmanlaridan zo‘rmi?

  •   DiMaX
  •  2861
  •  22.12.2018 13:17

AnTuTu: Android-smartfonlarning yangi «qirol»i chindan ham Apple’ning so‘nggi flagmanlaridan zo‘rmi?

Lenovo kompaniyasi yaqinda o‘zining yangi flagmani – Z5 Pro GT modelini rasman taqdim etdi. Ushbu qurilma eng ilg‘or Android-protsessor – Snapdragon 855 bazasida ishlaydi.

O‘QING: Snapdragon 855 va 12/512 GBgacha xotirali ilk smartfon – atigi 390 dollardan boshlanuvchi Lenovo Z5 Pro GT taqdim etildi!

Taqdimot marosimida kompaniya ta’kidlashicha, Lenovo Z5 Pro GT flagmani AnTuTu benchmarkida eng yuqori – 368 480 ball to‘plagan. Bu esa har qanday smartfon, hattoki iPhone XS hamda XS Max natijalaridan ham yuqori ko‘rsatkich!

AnTuTu dasturchilari ham Z5 Pro GT modelining samaradorligi barcha Android-smartfonlarnikidan ustunligini ta’kidlashdi. Ammo bu flagmanning Apple smartfonlaridan kuchliroq ekanligini shubha ostiga qo‘yishdi.

O‘QING: AnTuTu reytingi: eng ommalashgan Android-smartfonlar va ayrimlarining Terashop.uz’dagi narxlari

Hamma gap shundaki, AnTuTu ilovasi Android tizimli qurilmalarning samaradorligini iOS’dagidan boshqacharoq usulda hisoblaydi. Benchmark vakillarining so‘zlariga ko‘ra, aslida qay biri – Lenovo Z5 Pro GT yoki iPhone XS samaradorligi yuqori ekanini aniqlashning imkoni yo‘q. Lekin xitoyliklarning ushbu flagmani chindan ham zo‘r natija ko‘rsatgani aniq.

Eslatib o‘tamiz, Lenovo Z5 Pro GT modeli Snapdragon 855 protsessoriga va naq 12 gigabaytlik tezkor xotiraga ega ilk smartfondir. Xitoyda uning savdosi 15 yanvardan boshlanadi, ammo boshqa mamlakatlarga rasman savdoga chiqarilishi borasida ma’lumot yo‘q. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa 2 199 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda jami 37 nomdagi iPhone’dan birini sotib olish, shuningdek, bahosi 599 000 so‘mdan boshlangan, jami 115 xil Android-smartfon orasidan istaganingizni xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Xiaomi Redmi’lar «kushanda»si – Face ID va romsiz ekranli, hamyonbop Meizu C9 endi O‘zbekiston bozorida!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!