AnTuTu’da eng kuchli, ammo arzon flagman – Xiaomi Pocophone F1’ni sinab ko‘rishdi! («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1853
  •  09.08.2018 10:17

AnTuTu’da eng kuchli, ammo arzon flagman – Xiaomi Pocophone F1’ni sinab ko‘rishdi! («jonli» video)

Xiaomi kompaniyasining hali taqdim etilmagan Pocophone F1 smartfonining samaradorligi kuni kecha Xitoyning mashhur benchmarkida sinab ko‘rilgandi. Natijalar hayratlanarli – u 285 302 ball olgan!

O‘QING: AnTuTu'da Xiaomi Pocophone F1 eng yaxshi natijani ko‘rsatdi

Endi esa mazkur smartfonning AnTuTu benchmarkida tekshirilish jarayoni aks ettirilgan videolavha ham internetga chiqib ketdi. Mana, uni birga tomosha qilamiz:

Aytish kerakki, Xiaomi aynan G‘arb bozoriga rasman kirib borish uchun Pocophone turkumida smartfon chiqara boshlagan. Yevropadagi ayrim onlayn do‘konlar allaqachon sotuvga chiqarib ham ulgurishgan bo‘lsa-da, Pocophone F1’ning rasmiy taqdimoti hanuz o‘tkazilgani yo‘q.

Darvoqe, birozgina avval ushbu devaysning birinchi «jonli» videosini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Xiaomi Pocophone F1 ilk «jonli» videoda: uni qadog‘idan olib, ishlatib ko‘ramiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.