AnTuTu’da mutlaq rekord: Lenovo Z5 Pro GT va’da qilinganidan ham oshiq natija ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  1240
  •  23.01.2019 10:52

AnTuTu’da mutlaq rekord: Lenovo Z5 Pro GT va’da qilinganidan ham oshiq natija ko‘rsatdi!

Lenovo kompaniyasi 2018 yilning noyabrida eng arzon smartfon-slayder – Z5 Pro smartfonini taqdim etgandi. Keyinchalik kompaniya uning yangilangan versiyasi – Lenovo Z5 Pro GT modelini namoyish qilgan.

O‘QING: Snapdragon 855 va 12/512 GBgacha xotirali ilk smartfon – atigi 390 dollardan boshlanuvchi Lenovo Z5 Pro GT taqdim etildi!

Taqdimot marosimida kompaniya ta’kidlashicha, Lenovo Z5 Pro GT flagmani AnTuTu benchmarkida eng yuqori – 368 480 ball to‘plagan. Bu esa har qanday smartfon, hattoki iPhone XS hamda XS Max natijalaridan ham yuqori ko‘rsatkich!

Taqqoslash uchun keltirib o‘tamiz: 2019 yilning boshida Android-smartfonlarning eng kuchlisi bo‘lgan qilgan Nubia Red Magic Mars o‘yinbop smartfoni AnTuTu’da «atigi» 320 464 ball olgandi.

Ammo benchmark vakillari Lenovo kompaniyasining eng kuchli ayfonlardan ham yuqori ball olganligi borasida mutaxassis sifatida boshqacharoq fikr bildirishgan.

 O‘QING: AnTuTu: Android-smartfonlarning yangi «qirol»i chindan ham Apple’ning so‘nggi flagmanlaridan zo‘rmi?

Xullasi kalom, mana shu bir-biriga o‘xshamagan ko‘rsatkichlar bilan turli fikrlarga sabab bo‘layotgan Lenovo Z5 Pro GT flagmani, nihoyat, sotuvga ham chiqarildi. Tabiiyki, baxtli xaridorlar yuqoridagi masalaga aniqlik kiritish uchun darhol uni AnTuTu benchmarkida tekshirishga tushganlar. Buni qarangki, mazkur smartfon hatto Lenovo va’da qilganidan ham ortiq – 371 273 ball olgan!

Gapning sirasini aytganda, Lenovo Z5 Pro GT modeli 370 000 ballik chegaradan oshgan ilk Android-smartfon bo‘ldi. To‘g‘ri, hali boshqa smartfonsozlarning fevralda namoyish qiladigan, Snapdragon 855 protsessorli flagmanlari ham bu chiziqdan o‘tishadi. Ammo baribir Lenovo Z5 Pro GT bu borada birinchi bo‘lib qolaveradi.

Masalaning yana bitta «lekin»i bor – xitoyliklarning ushbu flagmani hali Geekbench servisida ham o‘zini oqlashi kerak, chunki...

O‘QING: AnTuTu rekordchisi – Lenovo Z5 Pro GT flagmani Geekbench’da sharmanda bo‘ldi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.