AnTuTu eng kuchli mobil protsessorlar reytingini chiqardi

  •   DiMaX
  •  2569
  •  08.08.2020 17:01

AnTuTu eng kuchli mobil protsessorlar reytingini chiqardi

Keyingi kunlarda ommabop AnTuTu benchmarki jamoasi smartfonlarning samaradorligi bo‘yicha to‘rtta reyting e’lon qilgan. Bular – iyul oyidagi eng kuchli flagmanlarning xitoycha va global reytinglari; hamyonbop smartfonlarning xitoycha va global reytinglari.

O‘QING: Xitoyliklarning bu smartfoni AnTuTu reytingini «portlatdi»!

Bulardan tashqari, ushbu servis jamoasi mobil qurilmalarga mo‘ljallangan chipsetlarning ham alohida samaradorlik natijalarini taqdim qildi. Unda joriy yilning birinchi yarmida AnTuTu’da tekshirilgan barcha modellardagi smartfonlarning protsessorlari (markaziy yadrolar va grafik chip) ko‘rsatgan natijalar hisobga olingan.

Kutilganidek, reytingda Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 865 protsessori ustun kelgan: uning umumiy ko‘rsatkichi 401 108 ball bo‘lsa, CPU samaradorligi 182 123 ballga, GPU tezkorligi esa 218 985 ballga baholangan.

Ikkinchi o‘rinni 341 714 ball bilan MediaTek kompaniyasining Dimensity 1000+ chipseti egallagan. Kuchli uchlikka Qualcomm Snapdragon 855 Plus platformasi 327 796 ball bilan yakun yasagan.

Ko‘rib turganingizdek, keyingi o‘rinlarni tegishlicha Huawei Kirin 990 5G, Snapdragon 855, Kirin 990, Dimensity 1000L, Kirin 980, Kirin 985 5G hamda Dimensity 820 protsessorlri band etgan.

O‘QING: Ikkita benchmark kelisha olmayapti: qaysi protsessor «eng sun’iy ongli»?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.