AnTuTu: Eng kuchli smartfonlar safiga bu gal arzon modellar ham kirdi! (2019 yil, avgust)

  •   DiMaX
  •  2671
  •  03.09.2019 09:13

AnTuTu: Eng kuchli smartfonlar safiga bu gal arzon modellar ham kirdi! (2019 yil, avgust)

Benchmark xizmatlarini ko‘rsatuvchi xitoylik mashhur kompaniya o‘zining yangi reytingini e’lon qildi. Unda shu yilning avgust oyida taqdim etilgan va AnTuTu’da sinab ko‘rilgan yangi modellar samaradorligi baholangan.

O‘QING: O‘tgan haftada trendda bo‘lgan top 10 smartfon (o‘ttiz beshinchi hafta)

Unda ZTE korporatsiyasining subbrendi ishlab chiqqan, qo‘sh ekranli Nubia Z20 flagmani 450040 ball bilan yetakchiligini namoyon etdi. Ikkinchi o‘rinni esa 449826 ball bilan eng arzon 5G-smartfon – iQOO Pro 5G modeli band etgan. Vivo kompaniyasi yaqindagina namoyish etgan ushbu flagmanning birinchi partiyasi 1 soniyadayoq sotilib ketgan edi.

Kuchli uchlikni Samsung Galaxy Note 10+ 5G yakunlab bergan bo‘lsa, uning «oddiy» versiyasi – Galaxy Note 10 to‘rtinchi o‘rinda. Janubiy koreyaliklarning ushbu ikki modeli AnTuTu reytingida tegishlicha 433667 va 415680 ballik natijalar ko‘rsatishgan.

O‘QING: Xiaomi Mi 9S – dunyodagi eng arzon 5G-smartfon ham taqdimotga tayyor!

Beshinchi va oltinchi o‘rinlarni Pioneer X1 (410137 ball) hamda Meizu 16s Pro (404099 ball) modellari egallagan:

Eng qizig‘i – ushbu reytingda qimmatbaho flagmanlar bilan birga Xiaomi kompaniyasining hamyonbop mahsulotlarga ixtisoslashgan Redmi brendi yaqinda namoyish qilgan arzon smartfonlar ham bor. O‘yinbop arzon kamerofon Redmi Note 8 Pro bu testda 235110 ball to‘plagan. Uning «uka»si – Redmi Note 8 bo‘lsa 179892 ball bilan ro‘yxatni yakunlab bergan.

O‘QING: Xiaomi Mi 9S – dunyodagi eng arzon 5G-smartfon ham taqdimotga tayyor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!