Antutu: eng zo‘r iPhone va iPad’lar reytingida iPhone 12’lar umidni chippakka chiqardi!

  •   DiMaX
  •  762
  •  04.11.2020 09:44

Antutu: eng zo‘r iPhone va iPad’lar reytingida iPhone 12’lar umidni chippakka chiqardi!

Avvalroq avtonomlik testida iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro nafaqat Android-smartfonlarga, balki hatto bulturgi ayfonlarga ham mag‘lub bo‘lgan edi. Keyinroq esa biz ushbu yangi ayfonlar avtonomligini Apple’ning bundan oldingi beshta smartfoni bilan taqqoslab ko‘rsatilgan «jonli» videoni ham chiqarganmiz. Bulardan tashqari...

O‘QING: Quvvati eng uzoq vaqtga yetuvchi 15 smartfon bilan tanishing

Endi bo‘lsa ommabop Antutu servisi jamoasi eng kuchli Apple mobil qurilmalarining yangi reytingini e’lon qildi. iPhone 12 va uning Pro-versiyasi kompaniyaning o‘tgan yilgi smartfonlaridan ustun kelgan. Lekin ayni ular bilan bir xil – Apple A14 Bionic protsessori bazasidagi yangi iPad Air 4 planshetining samaradorligi yuqoriroq! Aftidan, Apple yangi ayfonlarda chipsetni ataylab sekinlashtirgani bu yerda o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Xullasi kalom, kupertinolik korporatsiyaning eng kuchli smartfon va planshetlarining o‘ntaligi va ular Antutu’da to‘plagan ballar quyidagicha:

Ko‘rib turganingizdek, yangi protsessor bazasidagi mobil qurilmalardan birortasi hatto kuchli uchlikka ham kira olmagan! Apple A12Z Bionic chipsetli to‘rtinchi va Apple A12X Bionic protsessorli uchinchi avlod iPad Pro modellari reyting boshidagi to‘rtta pog‘onani zabt etgan.

Antutu mutaxassislari endi tekshirib ko‘rish uchun iPhone 12 mini hamda iPhone 12 Pro Max smartfonlarini sabrsizlik bilan kutishmoqda. Bu modellar 13 noyabrdan sotila boshlaydi va shundan so‘ng ularning ham turli testlari chiqadi – Terabayt.Uzni kuzatishda davom eting.

O‘QING: iPhone 12’lar geymerlarga yoqmaydi: o‘yin, internet va video uchun eng zo‘r smartfonlar (uchta reyting)