AnTuTu: Huawei'ning Kirin 990'i Snapdragon 855'ni ortda qoldirdi

AnTuTu: Huawei'ning Kirin 990'i Snapdragon 855'ni ortda qoldirdi

Huawei Mate 30 Pro flagmanining AnTuTu benchmarkidagi ilk sinovi natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, HiSilicon (Huawei'ning chip ishlab chiqaruvchi tarkibiy kompaniyasi) raqobat borasida Qualcomm va Apple'larga yetib olgan. Biroq birinchi o‘rinni egallashga yana biroz ball yetishmagan.

Sinovdan o‘tkazilgan smartfon LIO-AL00 bo‘lib, TENAA'dagi ma’lumotlarga ko‘ra, bu Mate 30 Pro'ning 4G versiyasi hisoblanadi. Bu omil muhim, sababi 4G va 5G versiyadagi Kirin 990 chiplari bir-biridan biroz farq qiladi. 5G chip 7+ nanometrli EUV protsessor asosiga qurilgan, o‘rta Cortex-A76 yadrolar chastotasi 4G'da ishlovchi qurilmalarnikiga qaraganda 0.27GHz yuqori va Da Vinci neyral protsessori yadrolari soni bittaga ko‘p bo‘ladi.Boshqacha qilib aytganda, agar Huawei Mate 30 Pro 5G/Mate 30 5G smartfonlari sinovdan o‘tkazilsa, ularning natijasi Mate 30 Pro 4G'nikidan yaxshiroq bo‘ladi. Bundan tashqari, AnTuTu'ning hisobot berishicha, yuqoridagi ko‘rsatkichga quvvat tejash rejimi ta’sir qilgan bo‘lishi ham mumkin.

Huawei Mate 30 Pro (4G)'ning AnTuTu'dagi natijasi

 

Mate 30 Pro yig‘gan balli bilan Snapdragon 855 va 855+ protsessorlarida ishlovchi smartfonlar o‘rtasidan joy olgan. Xotira bo‘yicha ko‘rsatgan natijasidan kelib chiqib esa, AnTuTu bizning qahramon UFS 3.0 xotira standartiga ega, deb xulosa chiqargan.

Huawei Mate 30 Pro (4G)'ning alohida ko‘rsatkichlari
Umumiy 457,357
CPU 151,647
GPU 159,418
Xotira 87,367
UX (foydalanuvchi amaliyoti) 58,925

E’tibor bering, ushbu sinov AnTuTu ilovasining 8 versiyasida o‘tkazilgan bo‘lib, bu talqin umumiy ball chiqarishda xotira borasidagi natijaga ko‘proq e’tibor qaratadi. Shunday qilib hozir S855+ SoC'li Black Shark 2 Pro va Asus ROG Phone II'lar AnTuTu reytingida dastlabki ikki o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Huawei flagmanidan so‘ng, S855 bilan jihozlangan OnePlus 7 Pro to‘rtinchi o‘rinni band etgan.

AnTuTu'ning avgust reytingi

 

Qo‘shimcha taqqos uchun, quyida iPhone 11 triosining natijalari bilan ham tanishishingiz mumkin:

AnTuTu v8: iPhone 11
AnTuTu v8: iPhone 11 Pro
AnTuTu v8: iPhone 11 Pro Max

 

O‘QING: AnTuTu haqida nimalarni bilasiz?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!