AnTuTu ideal Android-smartfon xususiyatlarini ma’lum qildi

  •   DiMaX
  •  1531
  •  20.01.2018 16:53

AnTuTu ideal Android-smartfon xususiyatlarini ma’lum qildi

Smartfonlarning yirik ekranli, xotirasi katta, dasturiy ta’minoti ilg‘or bo‘lishi borasida ishlab chiqaruvchilar go‘yo o‘zaro poyga o‘ynayotgandek. Biroq foydalanuvchilarning aksariyati uchun bu xususiyatlarning eng yuqori bo‘lishi unchalik ham shart emas ekan. Har holda, AnTuTu taqdim etgan ma’lumotda shunday deyiladi.

O‘QING: Narxi tannarxiga teng yaxshi smartfonlar (sentyabr holati bo‘yicha AnTuTu talqini)

Ommabop AnTuTu benchmarki jamoasi tadqiqot o‘tkazib, foydalanuvchilar «yashil robotchali» smartfonlarning ko‘proq qaysi xususiyatlariga e’tibor qaratishlarini va bu jihatlarning qanday ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi lozimligini aniqladi.

Xullas, natijalarni umumlashtirganda, eng ideal smartfon quyidagi jihatlarga ega bo‘lishi kerak ekan:

Ekranining diagonali: 5,5 dyuym

Displeyning tasvir aniqligi: 1920x1080 piksel

Protsessorining ishlab chiqaruvchisi: Qualcomm

Protsessorining yadrolari soni: 8 yadroli

Tezkor xotirasi: 4 GB

Ichki xotirasi: 64 GB

Operatsion tizimi: Android 6.0.1 Marshmallow

Benchmarkning ta’kidlashicha, butun 2017 yil davomida smartfonlardagi ayni shu xususiyatlar foydalanuvchilarni eng ko‘p qiziqtirgan.

O‘QING: 2018 yil boshida eng ommalashgan 10 smartfon

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.