AnTuTu ikkita reyting chiqardi: eng kuchli flagmanlar va eng zo‘r o‘rta narxli smartfonlar (2019 yil, oktyabr)

  •   DiMaX
  •  2497
  •  06.11.2019 09:46

AnTuTu ikkita reyting chiqardi: eng kuchli flagmanlar va eng zo‘r o‘rta narxli smartfonlar (2019 yil, oktyabr)

Kechagina eng kuchli smartfonlar yigirmataligi aks ettirilgan Master Lu benchmarki reytingini e’lon qilgandik. AnTuTu servisi esa bu gal yangicha yondashdi: flagmanlar va o‘rta narxli smartfonlar uchun alohida-alohida reytinglarni taqdim etdi.

O‘QING: Xiaomi Mi CC9 Pro smartfoni taqdim qilindi

Birinchi reytingga kirgan smartfonlarning barchasi Snapdragon 855 Plus platformasiga asoslangan. Bu ro‘yxatda na Kirin 990, na Exynos 9820 protsessorli flagman yo‘q. Samsung ushbu biznesni tark etayotib, raqibiga tan berganicha bor ekan...

Demak, eng kuchli flagmanlar uchligida Vivo NEX 3 5G, Vivo iQOO Pro 5G hamda OnePlus 7T bor. Keyingi o‘rinlarni tegishlicha OnePlus 7T Pro, Asus ROG Phone II, Xiaomi’ning Mi 9 Pro 5G va Black Shark 2 Pro flagmanlari, Realme X2 Pro, Meizu 16s Pro hamda Redmi K20 Pro Exclusive Edition (ya’ni – Redmi K20 Pro Premium) egallagan.

O‘QING: O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (qirq to‘rtinchi hafta)

O‘rta narx toifasidagi smartfonlar reytingida esa kuchli uchlikni Kirin 810 chipseti bazasidagi modellar egallagan: Honor 9X Pro, Honor 9X hamda Honor 20S.

Ro‘yxatga yana Redmi Note 8 Pro (sotib olish), Realme X2, Oppo Reno 2, Redmi K20, Xiaomi Mi 9 SE, Realme Q hamda Vivo X27 smartfonlari kirgan.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, ikkala ro‘yxatda ham birorta Samsung Galaxy smartfoni yo‘q!

O‘QING: «Xabbl» laqabli Galaxy S11 naq «cho‘ntakdagi teleskop» bo‘ladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!