AnTuTu ilovasi realme GT 2 Pro'ning texnik jihatlarini oshkor qildi

AnTuTu ilovasi realme GT 2 Pro'ning texnik jihatlarini oshkor qildi

RMX3300 model raqamiga ega bo‘lgan GT 2 Pro smartfoni AnTuTu'da 1,025,215 ballni qo‘lga kiritdi. AnTuTu esa ushbu natijani rost ekanligini tasdiqladi.

O‘QING: Oppo kompaniyasi Reno7 cyeriyasini taqdim etdi

Shuningdek, benchmark qurilma 12GB LPDDR5 tezkor xotira, 512GB UFS 3.1 doimiy xotira, 120Hz yangilanish chastotasida ishlovchi displey, Android 12 operatsion tizimiga asoslangan realme UI 3.0 grafik qobig‘iga ega bo‘lishini oshkor qildi.

realme GT 2 Pro qurilmasi Qualcomm Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlangan. Smartfon AnTuTu'da bir milliondan ortiq ball to‘plagan uchinchi smartfon bo‘ldi. Avvalroq Dimensity 9000 chipiga ega bo‘lgan vivo smartfoni 1,0002,220 ball, Snapdragon 8 Gen1 bilan jihozlangan boshqa bir smartfon esa 1,035,020 ballni qo‘lga kiritgan edi.

AnTuTu'ning ta’kidlashicha, sinovdan o‘tkazilgan smartfon bu - prototip versiya hisoblanadi. Sotuvga chiqariladigan versiyalar esa bundanda yuqoriroq unumdorlikni taqdim eta oladi.

AnTuTu smartfonning boshqa texnik jihatlari haqida ma’lumot bermadi. O‘tgan haftadagi sizdirilgan ma’lumotga ko‘ra, realme GT 2 Pro smartfoni Snapdragon 8 Gen1 chipi, Android 12 operatsion tizimiga asoslangan realme UI 3.0 grafik qobig‘i, 6.51 dyuymli FullHD+ AMOLED displeyiga ega bo‘ladi. Manba, shuningdek, qurilma LPDDR5 hamda UFS 3.1 xotira turi bilan jihozlanganligi haqida ma’lumot bergan edi.

Kamera haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, smartfon 32MP selfi kamera hamda optik barqarorlashtirgich texnologiyasiga ega bo‘lgan 50MP asosiy kameraga ega bo‘ladi.

Qurilma 125W UltraDart quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Akkumulyator sig‘imi haqida hali hech qanday ma’lumot yo‘q.

realme GT 2 Pro kelasi yilda sotuvga chiqadi. Uning narxi Xitoyda taxminan 625 dollar atrofida bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi 12'ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!