AnTuTu iyul reytingida TOP-uchtalikka kirgan Redmi flagmani maxsus versiyada chiqyapti!

  •   DiMaX
  •  957
  •  10.08.2020 10:57

AnTuTu iyul reytingida TOP-uchtalikka kirgan Redmi flagmani maxsus versiyada chiqyapti!

«Xitoycha Apple» arzonchi brendining bulturgi flagmani – Redmi Note 8 Pro hozirgacha ommabop va xaridorgir. Sababi esa uning kuchli ekanligidadir – AnTuTu benchmarkining o‘tgan oydagi eng qudratli hamyonbop smartfonlar global ro‘yxatida u uchinchi bo‘lib turibdi!

O‘QING: Xiaomi bulturgi ikkita smartfoniga barqaror MIUI 12 proshivkasini tarqatyapti

Xiaomi kutilmaganda ushbu modelining yangi versiyasini taqdim etishini e’lon qildi. Kompaniyaning Twitter’dagi rasmiy tizeriga qaraganda, uni Redmi Note 8 Pro Special Edition deb nomlashadi.

Postdagi so‘zlarga qaraganda, kutilayotgan smartfon standart modeldan rangi (zarg‘aldoq yoki qizil) bilan farqlanadi. Kim biladi, yana tezkor va doimiy xotira hajmi ham kattaroq bo‘lar.

Eslatib o‘tamiz, mazkur kompaniya ertaga – 11 avgustida o‘zining Xiaomi Mi 10 Extreme Commemorative Edition flagmanini namoyish qiladi. Bu – shu paytgacha turli xabarlarda Xiaomi Mi 10 Pro Plus yoki Xiaomi Mi 10s nomlari bilan atab kelinayotgan, kodli nomi esa Mi 10 Pro Super Cup bo‘lgan yubiley smartfonidir. Bundan tashqari, uning arzonchi brendi ham...

O‘QING: RASMAN: 11 avgustda Redmi eng zo‘r flagmanini taqdim etadi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.