AnTuTu: Narxiga munosib eng yaxshi smartfonlar reytingi (arzon va o‘rta narxli)

AnTuTu: Narxiga munosib eng yaxshi smartfonlar reytingi (arzon va o‘rta narxli)

AnTuTu resursi ishlab chiqaruvchilari navbatdagi reytingda eng yaxshi texnik jihat bilan birga eng maqbul narxga ham ega bo‘lgan smartfonlarning nomlarini e’lon qildi. Reytingdan iyun oyida smartfon bozorida sotilayotgan mobil qurilmalar o‘rin olgan. Ayni paytda smartfon bozorida tanlov yuqori, shu bilan birga narxi imkoniyatlariga munosib bo‘lgan va insof doirasida narxlangan smartfonlar soni kam. Ekspertlar asosiy e’tiborni hamyonbop devayslarga qaratganlar.

$150 dollargacha bo‘lgan "aqlli telefon"lar reytingida Xiaomi Redmi Note 5 (3/32 Gb) modeli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. Ikkinchi o‘rinda esa Xiaomi Redmi 6A (2/16 Gb) modeli turibdi. Undan pastki o‘rinni bo‘lsa Meizu M6S (3/32 Gb) telefoni o‘rin egallagan.

Puliga munosib eng yaxshi smartfonlar ro‘yxati bilan tanishing: 360 N6 Lite (4/32 Gb), Xiaomi Redmi 6 (3/32 Gb), Meizu M6 Note (3/16 Gb), Meizu M5S (3/32 Gb), Xiaomi Redmi 5 (2/16 Gb), Honor 9 Lite (3/32 Gb), Xiaomi Redmi 5 Plus (3/32 Gb), Meizu X (3/32 Gb), Huawei Play 7C (3/32 Gb), Xiaomi Redmi 6 Pro (3/32 Gb), Honor 7A (2/32 Gb) i Meizu M6 (2/16 Gb).

$300 dollargacha bo‘lgan bahoda sotilayotgan eng yaxshi smartfonlar ro‘yxatida esa ayni paytda bozorda mavjud 21 ta smartfon modeli kiritilgan. Bu ro‘yxatning dastlabki uch pog‘onasini 360 N7 (4/32 Gb), Meizu Pro 7 (4/128 Gb) hamda Honor Play (4/64 Gb) smartfonlari egallashgan.

Shu bilan birga, mazkur ro‘yxatga 360 N6 Pro (4/64 Gb), Xiaomi Mi 6X (4/32 Gb), Xiaomi Mi8 SE (4/64 Gb), Meizu Pro 7 Plus (6/64 Gb), Vivo Z1 (4/64 Gb), Nokia X6 (4/32 Gb), Meizu Pro 6 Plus (4/64 Gb), Nubia Z11 (6/64 Gb), Smartisan Nut Pro 2 (6/64 Gb) kabi ommabop devayslar kiritilgan.

Modomiki, sizga $300 — $450 dollar bahosida sotilayotgan yaxshi smartfon kerak bo‘lsa, unda quyidagi ro‘yxatga diqqat qiling. Bu borada birinchi o‘rinni Xiaomi Mi8 (6/64 Gb) modeli egallagan. Ikkinchi va uchinchi o‘rin Xiaomi Black Shark (6/64 GB) hamda Honor V10 (4/64 Gb) smartfonlariga nasib qilgan.

Ekspertlar $450 AQSh dollaridan yuqori narxda sotilayotgan devayslar orasidan OnePlus 6 (6/64 Gb), Xiaomi Mi Mix 2S (6/64 Gb) hamda Smartisan R1 (6/64 Gb) modellarini o‘z narxiga munosib, sifatli smartfonlar deb topishgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!