AnTuTu narxiga munosib smartfonlar reytingini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  3252
  •  05.04.2019 16:16

AnTuTu narxiga munosib smartfonlar reytingini e’lon qildi

Mobil devayslarning samaradorlik sinovlarini o‘tkazish servisi – AnTuTu kompaniyasi smartfonlarning turli reytinglarini o‘tkazib turishidan xabaringiz bor. Jumladan, kuni kecha 2019 yilning aprelida dunyo bo‘yicha tekshirilgan telefonlarning eng zo‘rlarini e’lon qilgandi.

O‘QING: Dunyodagi eng zo‘r Android-smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2019 yil aprel)

Endi esa mazkur servis jamoasi turli smartfonlarning narxi va samaradorligi bo‘yicha o‘zaro mutanosibligini ham baholadi. Yangi reyting bugungi kungacha Xitoy bozoridagi holatdan kelib chiqib tuzilgan.

Smartfonlar to‘rtta narx toifasiga ko‘ra baholangan: 1000 yuangacha (153 dollargacha) narxli, 1000-2000 yuanlik (153-305 dollarlik), 2000-3000 yuanlik (305-459 dollarlik) hamda 3000 yuandan (460 dollardan) qimmat qurilmalar. Har bir guruhga narxi samaradorligiga mos keluvchi o‘ntadan model kiritilgan.

Eng arzon smartfonlar orasida 3/32 GB xotirali Redmi Note 7 Pro yetakchi bo‘lsa, keyingi o‘rinda xuddi shunday xotirali Redmi 7 (sotib olish), keyingi pog‘onada esa 6/64 GBlik Lenovo K5 Note smartfoni kelmoqda:

Ikkinchi toifada eng maqbul variant deb 4/64 GBlik Meizu X8 (xarid qilish) modeli topilgan bo‘lsa, keyingi ikki o‘rinni 4/64 GBlik Lenovo Z5s va 4/64 GBlik Meizu Note 9 band etgan:

305-459 dollarlik devayslar orasida 6/128 GBlik Lenovo Z5 Pro GT, 6/64 GBlik Meizu 16th (sotib olish) hamda 6/128 GBlik Xiaomi Mi 9 (xarid qilish) flagmanlari o‘z narxiga eng munosib deb topilgan.

460 dollardan qimmat smartfonlar ichidan 8/256 GBlik Xiaomi Mi 9 Transparent Edition, 8/128 GBlik Black Shark Helo hamda 8/256 GBlik OnePlus 6 modellarining samaradorligi zo‘r ekan:

Eslatib o‘tamiz, Terashop.uz internet-do‘konimizda turli rusumlardagi Apple, Artel, HTC, Huawei, MDC, Meizu, Nokia, Philips, Samsung va Xiaomi smartfonlarini sotib olish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’ga yoshlarbop Mi Play ham keldi! Xiaomi smartfonlarining arzonlashgan narxlari bilan tanishing! (2019 yil 3 aprel)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.