AnTuTu’ning yangi reytingida iPad Pro 2018’lar yetakchi (2019 yil fevral)

  •   DiMaX
  •  591
  •  12.02.2019 09:40

AnTuTu’ning yangi reytingida iPad Pro 2018’lar yetakchi (2019 yil fevral)

Yaqinda AnTuTu benchmarki jamoasi Android-smartfonlarning an’anaviy oylik reytingini e’lon qilgan edi. Unda 2019 yilning yanvari so‘ngigacha savdoga chiqqan, ya’ni shu kunlarda amalda bo‘lgan eng kuchli modellar aks etgan.

O‘QING: TOP-10: eng kuchli Android-smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2019 yil fevral)

Benchmark mutaxassislari endi 2019 yil yanvar oyi oxirigacha AnTuTu’da tekshirib ko‘rilgan iOS operatsion tizimli qurilmalarning ham top-o‘ntaligini e’lon qilishdi. Unda yana o‘sha o‘tgan oydagi reyting yetakchisi – ekranining diagonali 11 dyuym bo‘lgan iPad Pro 2018 ustun keldi. Shu va ikkinchi o‘rindagi – 12,9 dyuymlik iPad Pro 2018 modellari yakka kristalli Apple A12X Bionic chipi bilan qurollangan.

Keyingi pog‘onalarda o‘tgan yilgi iPhone XS (sotib olish) hamda iPhone XS Max (sotib olish) smartfonlari kelayotgan bo‘lsa, kuchli beshlikni iPhone XR (sotib olish) modeli yakunlab bergan. Bu uchta ayfon ham A12 Bionic chipi bazasida ishlaydi.

Ro‘yxatning oltinchi va yettinchi qatorlarini tegishlicha 10 dyuymlik iPad Pro hamda ikkinchi avlod, 12,9 dyuymlik iPad Pro egallagan. Reyting oxiridagi uchta o‘rin esa 2017 yili taqdim etilgan iPhone X (sotib olish), iPhone 8 Plus (sotib olish) hamda iPhone 8 (sotib olish) band etib turibdi.

O‘QING: AnTuTu: Android-smartfonlarning yangi «qirol»i chindan ham Apple’ning so‘nggi flagmanlaridan zo‘rmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.