AnTuTu «qiroli» o‘yinbop Redmi flagmanining ikkita rekordini ham sindirdi!

  •   DiMaX
  •  621
  •  27.05.2021 15:08

AnTuTu «qiroli» o‘yinbop Redmi flagmanining ikkita rekordini ham sindirdi!

ZTE korporatsiyasiga qarashli Nubia kompaniyasining Red Magic brendi ostidagi yangi smartfoni AnTuTu benchmarkida rekord natija ko‘rsatgan edi. Red Magic 6R nomli ushbu geymerofon bugun – 27 may kuni taqdim etilyapti.

O‘QING: Beshta narx toifasidagi eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu, 2021 yil aprel)

 Rasmiy namoyish arafasida Nubia kompaniyasi Red Magic 6R o‘yin smartfonining ayrim xususiyatlarini rasman e’lon qildi. Unda e’tiborli jihatlardan biri esa qurilma korpusining o‘ta yupqa va yengil ekanligidir.

E’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, Nubia Red Magic 6R qalinligi atigi 7,8 millimetrga, og‘irligi esa bor-yo‘g‘i 186 grammga teng ekan. Ungacha o‘yin smartfonlari orasida shu ikkita jihatdan rekord Xiaomi korporatsiyasining Redmi brendi yaqinda taqdim etgan geymerofonga tegishli edi. Ya’ni, Redmi K40 Gaming Enhanced Edition korpusining vazni 205 gramm, qalinligi esa 8,3 millimetrga teng.

O‘QING: Redmi K40 Gaming Edition smartfoni bir daqiqada 100,000 dona sotildi

Nubia Red Magic 6R smartfoni 6,67 dyuymlik, 2400x1080 piksellik ekran bilan jihozlangan. Uning kvadrokamerasida asosiy sensor 64 megapiksellik aniqlikdadir.

Ushbu o‘yinbop smartfon Qualcomm Snapdragon 888 protsessoriga, LPDDR5 standartidagi tezkor xotira hamda UFS 3.1 toifali doimiy xotira chiplariga ega.

O‘QING: Redmi’ning hamyonbop smartfoni iPhone, Galaxy S21 va hatto S21 Plus’lardan ham zo‘r chiqdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!