AnTuTu rekordchisi – dunyodagi eng kuchli geymerofon eng arzon versiyada chiqyapti! (+rasmiy anboksing videosi)

  •   DiMaX
  •  1913
  •  06.10.2020 12:44

AnTuTu rekordchisi – dunyodagi eng kuchli geymerofon eng arzon versiyada chiqyapti! (+rasmiy anboksing videosi)

Asus kompaniyasi shu yilning iyulida dunyodagi eng zo‘r o‘yinbop smartfon – ROG Phone 3 modelini taqdim etgan edi. AnTuTu benchmarkining avgust oyi holatiga ko‘ra eng zo‘r smartfonlar global reytingida uning 12/128 GB xotirali varianti 615 289 ball bilan yetakchi bo‘lgan.

O‘QING: O‘z egasini rozi qilgan TOP-10 smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil avgust)

Aytish kerakki, Asus ROG Phone 3 eng so‘nggi texnologiyalar bilan qurollangan: 6,59 dyuymlik va 144 gerslik AMOLED-ekran, flagman – Snapdragon 865+ protsessori, 6000 mA/soatlik akkumulyator, o‘yin uchun tugmachalar va ilg‘or sovitish tizimi...

Quyida ushbu rekordchi smartfonning rasmiy anboksing videosini ko‘ramiz:

Tayvanlik kompaniya ushbu flagmanining tezkor/ichki xotirasi 12/512 GBlik varianti uchun 999 yevro narx belgilagan. Yuqori konfiguratsiyali – 16/512 gigabaytlik varianti uchun esa 1099 yevro to‘lashga to‘g‘ri keladi. Asus ROG Phone 3 o‘zining bosh raqibi – Lenovo kompaniyasi o‘sha kuni chiqargan, o‘shangacha xabarlarda Lenovo Legion deb kelingan Legion Duel geymerofonidan ikki karra qimmat, lekin shunga yarasha zo‘r ham-da!

O‘QING: Realme’ning hamyonbop smartfoni AnTuTu’da hatto Galaxy S20 Ultra va Galaxy S20+ flagmanlarini «yer tishlatdi»!

Asus endi mazkur geymerofonini xotira konfiguratsiyasiga ko‘ra yangi – 12 gigabaytlik tezkor hamda 128 gigabaytlik doimiy xotirali variantda chiqaryapti. Rasmiy tizerga ko‘ra, Hindistonda uni 16 oktyabrdan boshlab, atigi 610 yevroga teng narxda olish mumkin bo‘ladi:

Geymerlar orzusidagi Asus ROG Phone 3 smartfonining xususiyatlari bilan mana bu xabarimizda batafsil tanishish mumkin.

O‘QING: Qarshi oling: Geekbench servisida tezkorlik bo‘yicha yangi qirol!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.