AnTuTu rekordchisi – Nubia Red Magic 3 geymerofoni endi Geekbench’da hammani lol qoldirdi!

  •   DiMaX
  •  1112
  •  27.04.2019 14:59

AnTuTu rekordchisi – Nubia Red Magic 3 geymerofoni endi Geekbench’da hammani lol qoldirdi!

ZTE korporatsiyasiga qarashli Nubia kompaniyasi o‘yinbop smartfonlarining navbatdagi avlodi – Red Magic 3 modelini tayyorlayotgani haqida ham yozganmiz. AnTuTu sinovida esa u boshqa flagmanlardan ham yuqori ball olgan va bunisi endi chinakam rekord!

O‘QING: Barcha flagmanlarni yengib, AnTuTu’da rekord qo‘ygan Nubia Red Magic 3 ilk «jonli» suratlarda!

Endi esa o‘yinbop Nubia Red Magic 3 taqdimot arafasida Geekbench servisida ham tekshirib ko‘rildi. Benchmark uning asosiy texnik xususiyatlarini tasdiqladi: Qualcomm Snapdragon 855 protsessori, 8 gigabaytlik tezkor xotira va Android 9.0 Pie tizimi:

Bulardan tashqari, Nubia Red Magic 3 ushbu benchmarkda ko‘rsatgan rekord natija hayratga loyiq. U yakka yadroli testda 3537 ball to‘plagan bo‘lsa, barcha yadrolarni ishga solib tekshirilganida naq 11211 ball olgan!

Geymerlarga mo‘ljallangan Nubia Red Magic 3 smartfoni taqdimoti 28 aprelga belgilangan. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa har qanday smartfonni o‘yin o‘ynashga moslashtiruvchi uchun Ipega Batman Wireless geympadini atigi 249 000 so‘m evaziga xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Eng qudratli smartfonlar (2019 yil 1-chorak): Galaxy S10+ ikkinchi o‘rinda, qolgan barchasi «xitoylik»!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!