AnTuTu rekordchisining nafaqat protsessori, balki akkumulyatori ham zo‘r ekan!

  •   DiMaX
  •  2156
  •  29.01.2020 15:49

AnTuTu rekordchisining nafaqat protsessori, balki akkumulyatori ham zo‘r ekan!

Bilamizki, Snapdragon 865 chipli ilk smartfon Mi 10 bo‘lishi uchun Xiaomi uni Galaxy S20 flagmanlaridan avval chiqaryapti. Bu qurilma AnTuTu benchmarkida kuchini ko‘rsatishga va DxOMark reytingida birinchi bo‘lishga ham ulgurgan. Ammo...

O‘QING: AnTuTu’da yangi rekord, lekin bu Galaxy S20 ham, Mi 10 ham emas!

Xullasi kalom, rekordchi flagman va yana ikkita Realme smartfoni AQShning Aloqa federal komissiyasi (Federal Communications Commission, FCC) tashkilotida, shuningdek, NXTC va IMDA regulyatorlarida ro‘yxatdan o‘tdi.

Qualcomm Snapdragon 865 protsessorli flagmani AnTuTu benchmarkida 574 985 ball bilan mutlaq rekord o‘rnatgan. Tahlilchilarga ko‘ra, bozorga u Realme X50 Pro 5G nomi bilan taqdim etiladi.

Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya uni 4300 mA/soatlik batareya bilan jihozlayapti. Aksariyat flagman smartfonlar tok sig‘imi 3000 mA/soatdan oshmaydigan akkumulyatorlar bilan chiqarilayotgan bugungi kunda bu – katta yangilik. Boshqa tomondan, 5G tarmog‘i hamda ekran yangilanish chastotasining oshirilishi kabi yangi trendlar smartfonning quvvatini ko‘proq talab etishi ham bor gap.

Realme mazkur flagmanini fevralda taqdim etishi kutilmoqda. Kim biladi, hali uni birinchilik borasida talashayotgan boshqa raqiblaridan ham oldin taqdim etib yuborishar...

O‘QING: Realme to‘rttalik kamerali arzon smartfonini va Xiaomi’ning uch xil gadjeti «kushanda»larini namoyish etdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.