AnTuTu reytingi (2019 yil aprel): g‘olib – bulturgi iPad Pro, eng zo‘r iPhone esa – atigi beshinchi o‘rinda!

  •   DiMaX
  •  853
  •  03.04.2019 08:46

AnTuTu reytingi (2019 yil aprel): g‘olib – bulturgi iPad Pro, eng zo‘r iPhone esa – atigi beshinchi o‘rinda!

Kechagina biz mart oyida o‘tkazilgan AnTuTu tekshiruvlariga ko‘ra eng zo‘r Android-qurilmalarning o‘ntaligini e’lon qilgan edik. Endi esa mazkur servis iOS tizimli qurilmalarning samaradorlik reytingini ham ma’lum qildi.

O‘QING: Eng qudratli smartfonlar (2019 yil aprel): Xiaomi’ning yap-yangi flagmani AnTuTu reytingida Mi 9’dan ham ustun keldi!

Android-gadjetlar reytingida faqatgina smartfonlar bo‘lsa, iOS bazasida ishlovchi qurilmalarning AnTuTu reytingida planshetlar ham bor. Nafaqat bor, balki ular eng yuqori to‘rtta o‘rinni egallagan ham!

O‘tgan oydagi reytingda bo‘lgani kabi, bu gal ham 2018 yilgi iPad Pro modellari eng yuqorida: 11 dyuymlisi lider bo‘lsa, 12.9 dyuymlisi ikkinchi pog‘onada. Yaqindagina taqdim etilgan ikki planshet – iPad Air hamda iPad mini 2019 tegishlicha uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni band etishgan.

Apple’ning eng yaxshi smartfonlaridan biri hisoblangan iPhone XS (sotib olish) modeliga esa atigi beshinchi o‘rin nasib etgan. Undan ozgina farq bilan orqada iPhone XS Max (xarid qilish) kelmoqda, yettinchi pog‘onani esa iPhone XR (sotib olish) band etgan. Shuningdek, kuchli o‘ntalikka ikkita iPad Pro va iPhone X (xarid qilish) ham kirgan.

O‘QING: «Qotib» ishlayotgan iPhone yoki iPad tezkor xotirasini tozalashning eng oddiy va samarali usuli

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!