AnTuTu reytingi: Android-smartfonlarning yangi rekordchisini qarshi oling!

  •   DiMaX
  •  1564
  •  08.10.2018 16:54

AnTuTu reytingi: Android-smartfonlarning yangi rekordchisini qarshi oling!

Hozirgacha bozorga taqdim etilgan «yashil robotchali» mobil qurilmalar orasida eng kuchlisi Xiaomi Black Shark hisoblanadi. AnTuTu benchmarkida u 289 415 ballik natija ko‘rsatgan.

O‘QING: TOP-10: Dunyodagi eng tezkor Android-smartfonlar (AnTuTu talqini, 2018 yil, sentyabr)

Kuni kecha Huawei kompaniyasining hali rasman taqdim etilmagan Mate 20 Pro flagmanini ham ushbu servisda tekshirib ko‘rishdi. Mazkur smartfon 313 561 ochko to‘plab, AnTuTu reytingida yangi rekord o‘rnatdi.

Mate 20 Pro hamda Black Shark modellarining chipsetlari ko‘rsatkichlarini solishtiradigan bo‘lsak, umumiy hisobda Huawei flagmanining natijasi yuqori. Uning markaziy protsessori benchmarkda 112 516 ball to‘plagan, «Qora akula»niki esa – 127 035 ball.

O‘QING: Huawei Mate 20 va Mate 20 Pro: iPhone XS’dan ham qimmatmi

Ammo grafik tezlatgichning samaradorligi bo‘yicha Black Shark yuqoriroq natija namoyon etgan. Demak, Kirin 980 chipseti tarkibidagi grafik chip Qualcomm Snapdragon 845 jamlanmasidagi grafik tezlatgichdan ko‘ra zaifroq ekan. Ammo umumiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha baribir Huawei Mate 20 Pro flagmanidagi protsessor ustun, zero u 7 nanometrli texnik jarayon bo‘yicha ishlangan.

Xullasi kalom, Kirin 980 protsessorli Huawei Mate 20 Pro flagmani Android-smartfonlar orasida ma’lum muddat yetakchilik qiladi. Ammo bu ko‘p ham uzoqqa bormaydi – tez orada amerikalik chipsozning Snapdragon 855 chipsetiga asoslangan biror flagman undan o‘zib ketishi kutilmoqda.

Aytish kerakki, yuqoridagilar – Android operatsion tizimi bazasida ishlaydigan flagmanlardir. Ammo AnTuTu’da mutlaq rekordchi – kupertinolik gigantning bu yilgi flagman ayfonlari hisoblanadi. Shu oldingi rusumlarga mansub bir qator ayfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda sotib olishingiz mumkin. Bunda uyingiz yoki ofisingizdan chiqmasdan turib buyurtma berishingiz, xaridingiz bepul eltib berilishi, haqini esa tovar qo‘lingizga tekkanida to‘lashingiz mumkinligi kabi imkoniyatlar sizga ma’qul keladi.

O‘QING: XUShXABAR: iPhone Xs hamda iPhone Xs Max endi Terashop.uz’da! Shu va boshqa ayfonlar narxlari bilan tanishing! (2018 yil 24 sentyabr)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.