AnTuTu reytingi: eng ommalashgan Android-smartfonlar va ayrimlarining Terashop.uz’dagi narxlari

  •   DiMaX
  •  2882
  •  08.12.2018 11:30

AnTuTu reytingi: eng ommalashgan Android-smartfonlar va ayrimlarining Terashop.uz’dagi narxlari

Smartfonlar samaradorligini baholovchi AnTuTu benchmarki jamoasi kuni kecha ayni damgacha bozorga chiqqan eng kuchli smartfonlar o‘ntaligini e’lon qilgan edi. Endi esa mazkur saytda Android operatsion tizimli eng ommabop smartfonlar ro‘yxati ham chiqdi.

O‘QING: AnTuTu reytingi: 2018 yil dekabrgacha eng zo‘r Android-smartfonlar!

Mazkur reyting yetakchisi Xiaomi kompaniyasi shu yilning 31 may kuni taqdim etgan Mi 8 Explorer Edition flagmani bo‘ldi. Kuchli uchlikka yetakchi smartfonsozning Galaxy S9+ hamda yana bir xitoylik kompaniyaning Meizu 16th (yana bir nomlanishi – Meizu 16) flagmanlari ham kirgan. E’tirof etish kerakki, bu yil Meizu kompaniyasi o‘zining flagmanlar turkumiga jahon ahlining kuchli e’tiborini jalb eta bildi. Hatto oktyabrda uning mana shu modeli eng kuchli smartfonlar reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Shu kunlarda eng ommalashgan smartfonlar qatoriga yana Huawei Mate 10 Pro, Oppo Find X, Meizu 16th Plus, OnePlus 6, Huawei Mate 10, Vivo Nex Ultimate hamda Samsung Galaxy S8 modellari ham kirgan.

O‘QING: Smartfonlar bahsi: qay biri eng tez zaryadlanadi?

Aytish kerakki, yuqoridagi – eng ommalashgan smartfonlarning ayrimlari O‘zbekistonda ham rasman savdoga qo‘yilgan. Reyting yetakchisining aynan o‘zi emas-u, uning jahon bozoriga mo‘ljallab qayta taqdim etilgan Xiaomi Mi 8 Pro flagmanini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 4 879 000 so‘m evaziga xarid qilish mumkin. Mazkur qurilma Qualcomm kompaniyasining hozirgacha bozorga rasman taqdim etgan eng kuchli protsessori – Snapdragon 845 bazasida ishlaydi. Tezkor xotirasi 8 gigabayt, ichki xotirasi esa 128 gigabaytni tashkil etadi va uning barmoq izi skaneri «kemtik»li ekraniga joriy etilgan!

Shuningdek, jahondagi eng ommalashgan smartfonlardan mana bularni ham Terashop.uz onlayn do‘konimizda olish mumkin:

  1. Samsung Galaxy S9+ (6/64 GB, Black) – 5 529 000 so‘m – Sotib olish
  2. Samsung Galaxy S9+ (6/256 GB, Black) – 6 229 000 so‘m – Sotib olish
  3. Meizu 16 (6/64 GB, White) – 3 569 000 so‘m – Sotib olish
  4. Meizu 16 (8/128 GB, Black) – 4 150 000 so‘m – Sotib olish

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, Terashop.uz internet-do‘konimizda bu smartfonlarni onlayn usulida xarid qilishingiz mumkin va barchasiga bir yillik rasmiy kafolat beriladi.

O‘QING: Diqqat, Terashop.uz’ga Nokia X6 2018’ning yangi partiyasi keldi, shu va boshqa Nokia telefonlari narxlari bilan tanishing! (2018 yil 5 dekabr)