AnTuTu reytingi: O‘z egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (2021 yil fevral)

  •   DiMaX
  •  1726
  •  06.03.2021 13:40

AnTuTu reytingi: O‘z egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (2021 yil fevral)

Yaqindagina AnTuTu servisi xitoylik foydalanuvchilarning fevral oyida benchmarkda o‘tkazgan testlari asosida eng kuchli flagmanlar ro‘yxatini va eng zo‘r hamyonbop smartfonlar reytingini chiqargan edi. Shuningdek, u butun dunyodagi smartfonlar egalarining fevral oyida o‘tkazib ko‘rgan testlari natijalarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari asosida global reytingni ham e’lon qilgan.

O‘QING: OPPO Find X3 allaqachon Antutu testidan o‘tdi: uning Find X3 Pro’dan asosiy farqi nimada?

Bulardan tashqari, benchmark jamoasi fevral oyi holatiga ko‘ra Android-smartfonlarning o‘z egasini qoniqtirganlik reytingini ham ulashdi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha yanvar oyidagi reytingda dastlabki ikkita pog‘onani zabt etgan modellar fevral reytingida o‘zaro o‘rin almashishgan. Ya’ni, yangi ro‘yxat boshida Huawei Mate 40 flagmani turibdi, Meizu 17 Pro esa ikkinchi o‘rinda.

Guvohi bo‘lib turganingizdek, qolgan o‘rinlarda tegishlicha quyidagi smartfonlar turibdi:

  1. Honor 30 Pro+
  2. Samsung Galaxy Note 20 Ultra
  3. Meizu 17
  4. Motorola Edge S
  5. Vivo X50 Pro+
  6. Huawei Mate 30 5G
  7. Samsung Galaxy S21 Ultra 5G
  8. Vivo iQOO 5 Pro

Qizig‘i shundaki, dunyo bo‘yicha yetakchi smartfonsoz bo‘lmish Samsung kompaniyasining eng so‘nggi va eng zo‘r flagmani atigi to‘qqizinchi pog‘onadan joy olgan! Aytish kerakki, Galaxy S21 Ultra 5G yaqindagina boshqa bir reytingda ham atigi 17-o‘rin bilan ishlab chiqaruvchining obro‘sini bir pul qilgan edi. Bundan tashqari...

O‘QING: 3687 mAs batareyali Phone 12 Pro Max avtonomligi yuqorimi, yoki 5000 mAs akkumulyatorli Galaxy S21 Ultra? («Jonli» test videosi)