AnTuTu smartfonlarning o‘rtacha samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha TOP-o‘nligini e’lon qildi (2019 yil iyul)

  •   DiMaX
  •  2263
  •  13.07.2019 11:55

AnTuTu smartfonlarning o‘rtacha samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha TOP-o‘nligini e’lon qildi (2019 yil iyul)

Odatda benchmark servislari har oyda ishlash samaradorligi bo‘yicha eng yuqori ball olgan smartfonlar o‘nligini e’lon qilishadi. Ammo AnTuTu’ning navbatdagi reytingida masalaga sal boshqacha yondashilgan. Ammo kuni kecha Master Lu reytingida masalaga sal boshqacha yondashilgan.

O‘QING: Eng qattiq qizib ketuvchi smartfonlar e’lon qilindi

AnTuTu mutaxassislari ham samaradorlikni belgilashda boshqacha mezonlar asosida navbatdagi reytingni e’lon qilishdi. Unda mazkur benchmarkda joriy yilning iyun oyida tekshirib ko‘rilgan smartfonlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari o‘rta arifmetik hisobida olingan. Ya’ni, masalan, iyun oyida bitta modeldagi smartfondan mingtasi AnTuTu servisida sinab ko‘rilgan va ular turlicha ballar to‘plashgan bo‘lsa, benchmark jamoasi ularning jami ballarini o‘zaro qo‘shib, mingga (smartfonlar soniga) bo‘lishgan. Shu tariqa, har bir modeldagi smartfonning o‘rtacha samaradorlik ko‘rsatkichi aniqlangan.

Demak, qarshi oling – AnTuTu’ning iyun oyi bo‘yicha o‘rtacha samaradorlik reytingida OnePlus 7 Pro so‘zsiz yetakchi bo‘ldi!

Kuchli uchlikka Xiaomi kompaniyasining Mi 9 flagmani (sotib olish) hamda o‘yinbop Black Shark 2 smartfoni ham kirgan.

Keyingi o‘rinlarni esa tegishlicha Redmi K20 Pro, OnePlus 7, Sony Xperia 1, LG V50 ThinQ 5G, Samsung Galaxy S10+ (xarid qilish), Galaxy S10 5G hamda Galaxy S10 (sotib olish) smartfonlari egallagan.

O‘QING: Huawei hali taqdim etmagan Mate 30 Pro flagmani ilk «jonli» suratlar va rasmiy videoda!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!