AnTuTu taxtiga da’vogarni taqdimotidan avval «Qora Akula yeb qo‘ydi»!

  •   DiMaX
  •  635
  •  13.01.2021 10:05

AnTuTu taxtiga da’vogarni taqdimotidan avval «Qora Akula yeb qo‘ydi»!

Xiaomi kompaniyasining Mi 11 flagmani AnTuTu benchmarkida 745 ming ballga yaqin ko‘rsatkich qayd etgan edi. Vivo kompaniyasining iQOO brendi tayyorlagan iQOO 7 geymerofoni esa bu servisda 752 935 ballik natija bilan rekord o‘rnatgan. Lekin ko‘p o‘tmasdan...

O‘QING: AnTuTu’da taxt talashayotgan Mi 11 va iQOO 7 flagmanlarini bitta zarbada ag‘dargan yangi rekordchini qarshi oling!

Oppo kompaniyasi ushbu rekordchi – Find X3 Pro flagmanini hali rasman namoyish qilganicha yo‘q. Lekin allaqachon samaradorlik bo‘yicha undan ustun yangi smartfon paydo bo‘ldi!

Xiaomi korporatsiyasining o‘yinbop qurilmalar yo‘nalishidagi sho‘’basining bosh direktori Luo Yuychjou (Luo Yuzhou) kuni kecha navbatdagi flagman – Black Shark 4 tayyor bo‘lganini e’lon qilgan edi. U endi ayni shu geymerofonning AnTuTu benchmarkidagi test natijasini skrinshot holida e’lon qildi:

Demak, yangi rekord – Black Shark 4 ushbu servisda misli ko‘rilmagan 788 505 ballik natijani namoyon etgan!

To‘rtinchi avlod «Qora Akula» amerikalik chipsozning Snapdragon 888 5G rusumli flagman chipseti bazasida tayyorlangani turgan gap. Lekin uning imkoniyatlarini to‘liq namoyon etish uchun smartfonsozlar o‘z mahsulotlarida samarali sovitish tizimi, kuchli tezkor xotira va optimizatsiya ishlarini qo‘llash bilan har xil natijalarga erishadilar. Ko‘rib turibmizki, geymerlarga mo‘ljallangan navbatdagi flagmanda bularning bari a’lo darajada ekan, endi uning taqdimotini kutish qoldi.

O‘QING: Eng innovatsion sakkizta smartfon – CES 2021 sovrindorlari