AnTuTu tezkorlik bo‘yicha yangi rekordchini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  1126
  •  17.12.2019 11:30

AnTuTu tezkorlik bo‘yicha yangi rekordchini e’lon qildi

Qualcomm kompaniyasi yaqinda Snapdragon Technology Summit tadbirini o‘tkazgandi. Ushbu marosimda chipsozning bir qator mahsulotlari qatori Snapdragon 865 flagman protsessori taqdim etilgan.

O‘QING: Xiaomi «damini olsin» – Snapdragon 865 chipli smartfonni undan avval boshqasi chiqaryapti!

Mashhur AnTuTu benchmarki endi Snapdragon 865 chipsetini sinovdan o‘tkazib, uning rasmiy natijalarini e’lon qildi. Xabarga ko‘ra, Snapdragon Tech Summit 2019 marosimida Qualcomm mazkur protsessor o‘rnatilgan smartfon prototiplarini ko‘rsatgan. Bu gadjetlarning tezkorligi AnTuTu’da bir necha bor tekshirilgan va benchmark jamoasi ular orasidan eng yuqori natijani olib, o‘z blogida e’lon qilgan.

Shunday qilib, Snapdragon 865 ushbu sinov servisida 568 919 ballik natija namoyon etgan. Ayni damda Android tizimli flagman smartfonlar AnTuTu’da o‘rtacha 544 ming ball olayotganini hisobga olganda, Qualcomm’ning yangi chipseti rekord o‘rnatgan!

O‘QING: Ikkita narx toifasidagi eng kuchli smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2019 yil noyabr)

Snapdragon 865 test natijasini yaxshiroq anglashimiz uchun Antutu bir nechta qurilmaning qiyosiy natijalarini keltirgan. Bular – Snapdragon 855 Plus protsessorli Vivo Nex 3 5G, Kirin 990 5G chipsetli Huawei Mate 30 Pro 5G flagmanlari, shuningdek, MediaTek Dimensity 1000 hamda Snapdragon 865 protsessorli sinov prototiplaridir.

Mana, natijalarni solishtirib ko‘ramiz:

Ta’kidlab o‘tamiz: yuqorida ko‘rsatilgan natija bozorga chiqariladigan biror aniq smartfon modeli emas, balki Qualcomm tayyorlagan namunaviy prototip qurilmaga tegishli.

O‘QING: Redmi K30’ning chirangani AnTuTu testigacha ekan! (+«jonli» suratlar)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!