AnTuTu'da navbatdagi rekord!

AnTuTu'da navbatdagi rekord!

Yanvar oyi oxirida, yakka chipli Qualcomm Snapdragon 865 tizimi bilan jihozlangan Realme'ning bo‘lajak flagman smartfoni mashhur AnTuTu sinov dasturida deyarli 575 000 ball to‘plaganligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Avvalroq, Xiaomi Mi 10 smartfonining standart versiyasi ushbu ko‘rsatkichda 560 000 ball to‘plaganligi haqida xabar berilgandi. Bugun AnTuTu kompaniyasi yangi rekord haqida ma’lumot berdi. Bu rekordning egasi Xiaomi Mi 10 Pro bo‘lib chiqdi.Manbaning xabar berishicha, Xiaomi Mi 10 Pro qariyb 600 000 ball to‘plagan va oldingi eng yaxshi natijani qayd etgan qurilmani qariyb 30 000 ballga ortda qoldirgan.

Smartfon tasvirning yangilanish tezligi 120 GHz bo‘lgan yonlari qayrilma ekran, yakka chipli Qualcomm Snapdragon 865 tizimi, kamida 8 GB LPDDR5 operativ xotira va 128 GB flesh-xotiraga ega bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, smartfon 50x zum va 8K/30fps video yozadigan 108 megapikselli kameraga, stereo karnaylar va 66 vatt tezkor zaryadlash imkoniga ega bo‘ladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Mi 10 Pro taqdimoti 13-fevralda bo‘lishi kutimoqda.

O‘QING: AnTuTu yanvar oyidagi eng kuchli smartfonlar ro‘yxatini e’lon qildi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!