AnTuTu’da rekordchisini Samsung keyingi haftadayoq namoyish qiladi!

  •   DiMaX
  •  933
  •  02.11.2020 11:02

AnTuTu’da rekordchisini Samsung keyingi haftadayoq namoyish qiladi!

Samsung shu yilning 9 oktyabr kuni o‘zining yangi flagman protsessori – Exynos 1080 modelini (kutilganidek Exynos 1000 emas) e’lon qilgan edi. Kompaniya o‘shanda, uning AnTuTu benchmarkidagi test natijasi allaqachon 650 000 balldan oshayotganini aytib maqtangan. Bu bejiz emas ekan, chunki...

O‘QING: AnTuTu’da mutlaq rekord: Exynos 1080 protsessorli sirli Orion smartfoni!

Janubiy koreyalik texnogigant endi ushbu mahsulotining namoyish kunini ham e’lon qildi. Quyidagi rasmiy posterga ko‘ra, Exynos 1080 chipsetini keyingi haftada – 12 noyabr kuni taqdim etishadi. Aftidan, bu onlayn rejimdagi emas, balki oflayn tarzdagi matbuot anjumani bo‘ladi.

Exynos 1080 protsessori 5 nanometrlik texnologik jarayon asosida tayyorlangan bo‘lib, Cortex-A78 yadrolarini o‘z ichiga oladi. ARM bergan ma’lumotga ko‘ra, 2,1 GGs.lik chastotada ishlovchi ushbu yadro 2,3 GGs chastotali Cortex-A77 yadrosidan 20 foizga yuqori samaradorlikka ega. Shuningdek, yangi chipset jamlanmasida Mali-G78 grafik protsessori ham mavjud.

Mazkur chipset Galaxy S21 turkumidagi flagmanlarga emas, balki ulardan arzonroq 5G-smartfonlarga mo‘ljallangan. Insayderlarga ko‘ra, uni birinchi bo‘lib xitoylik kompaniyaning Vivo X60 flagmanida qo‘llashadi.

O‘QING: Xiaomi’ga qasdma-qasd: Samsung ham arzon flagmani narxini naq 95 dollarga pasaytirdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.