AnTuTu’da taxt talashayotgan ikki flagmanning yangi raqibi – Red Magic 5S ham tayyor!

  •   DiMaX
  •  467
  •  17.07.2020 11:50

AnTuTu’da taxt talashayotgan ikki flagmanning yangi raqibi – Red Magic 5S ham tayyor!

Avvalroq Asus kompaniyasining ROG Phone 3 geymerofoni AnTuTu benchmarkida rekord o‘rnatgan edi. Lekin Lenovo o‘yinbop smartfoni – Legion ayni shu servisda uni yakson qilgan. Shuningdek...

O‘QING: AnTuTu’ning yangi «qirol»ini «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatishdi!

Endi esa ularning qatoriga yana bitta raqobatchi qo‘shildi – ZTE korporatsiyasiga qarashli Nubia kompaniyasi Red Magic 5S rusumli o‘yinbop smartfonini reklama qila boshladi.

Ishlab chiqaruvchi e’lon qilgan rasmiy posterda mazkur geymerofonning ayrim muhim xususiyatlari ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, bu telefonda LPDDR5 standartidagi tezkor va UFS 3.1 turidagi doimiy xotira chiplari qo‘llanmoqda. Shuningdek, Nubia unda o‘zining Magic Write texnologiyasini tatbiq etayotganligi sababli, xotiralarga yozish va o‘qish tezligi hamda smartfonning umumiy samaradorligi ancha oshadi.

Nubia Red Magic 5S modeli ham, ikkita raqibi singari, Qualcomm yaqindagina taqdim etgan flagman chipset – Snapdragon 865+ protsessoriga tayanadi. Bundan tashqari, geymerofonning kadr yangilanish chastotasi 144 gerslik displey hamda juda sig‘imdor – 5000-6000 mA/soatlik batareya bilan jihozlanishini aytishmoqda.

ASUS ROG Phone 3 hamda Lenovo Legion modellarining taqdimot kunlari aniq bo‘lgan, ZTE korporatsiyasi ham Red Magic 5S qurilmasini o‘sha sana atroflarida namoyish etsa kerak.

O‘QING: Eng qizib ketuvchi va eng qizimaydigan smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil 2-chorak)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!