AnTuTu’da tekshirib ko‘rilgan iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro hafsalani pir qildi

  •   DiMaX
  •  1975
  •  15.10.2020 14:19

AnTuTu’da tekshirib ko‘rilgan iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro hafsalani pir qildi

Apple korporatsiyasi iPhone 12 mini, iPhone 12, iPhone 12 Pro hamda iPhone 12 Pro Max smartfonlarini taqdim etgan va ularning asosiy xususiyatlari va o‘zaro farqlarini e’lon qilganmiz. Shuningdek, mazkur namoyishdan so‘ng ikkita rusumdagi ayfon arzonlashib, yana ikkitasi savdodan olib tashlangan.

O‘QING: iPhone 12’lar uchun MagSafe Charger – magnitli quvvatlagich va MagSafe Duo Charger dok-stansiyasi taqdim etildi

Endi esa standart Apple iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro smartfonlarining AnTuTu benchmarkidagi ilk testlari natijalari ham chiqdi. Aytish kerakki, bu ikkala ayfon ham kupertinoliklarning eng yangi, 5 nanometrlik texnologik jarayonga asoslangan Apple A14 Bionic protsessori bazasida ishlaydi. Yaqindagina ushbu chipset Geekbench servisida tekshirib ko‘rilganida rekord natija ko‘rsatgan edi, ammo smartfon tarkibida AnTuTu’da sinab ko‘rilganida, hafsalani pir qildi.

Mana, ularning benchmarkdagi ko‘rsatkichlariga nazar solamiz:

Ko‘rib turganingizdek, iPhone 12 modeli 564 899 ball olgan bo‘lsa, uning Pro-versiyasi sal yuqoriroq – 572 133 ballik natija ko‘rsatgan. Holbuki, Android tizimli flagmanlarning sentyabr reytingida eng oxirgi o‘rindagi smartfon ham bulardan ancha yuqori – 602 584 ballik natija qayd etgan!

Yangi ayfonlarning AnTuTu’dagi natijalarini bulturgi iPhone 11 Pro Max flagmani ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash o‘rinliroq bo‘ladi. O‘tgan yilgi eng zo‘r Apple smartfoni mazkur benchmarkda 536 883 ball olganligini nazarda tutsak, iPhone 12 undan 5–6 foiz tezlashgan.

O‘QING: iPhone 12 tufayli Xiaomi va Samsung kompaniyalari Apple’ni masxara qildi (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!