AnTuTu'da yangi rekord!

AnTuTu'da yangi rekord!

vivo IQOO lineykasi smartfonlari qatoriga 22-avgust sanasida yangi vivo IQOO Pro 5G qo‘shiladi. Model raqami V1916A bo‘lgan hali taqdim qilinmagan ushbu qurilma AnTuTu sinovidan o‘tkazildi. Natija esa rekord! Yangi smartfon 497,179 ball to‘plab ilgari hech bir mobil devays ko‘rsatmagan natijani qayd etdi.

Ilgariroq, Meizu 16s Pro ham taqdimotidan oldin sinovdan o‘tkazilgan va 464,411 ball to‘plab, rekord qo‘ygan edi. AnTuTu Weibo sahifasida yozilishicha, bu natijaga smartfonning F2FS fayl tizimi hamda TurboWrite SDD texnologiyasi sabab erishilgan.

Natijalar yana shuni ko‘rsatdiki, qurilma Snapdragon 855+ chipi va 8GB operativ xotira, 256GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Smartfonning eng yuqori texnik jihatlarga ega versiyasida esa xotira sig‘imi 12GB RAM va 512GB ROM bo‘ladi.
IQOO Pro 5G'ning displeyi 6,41 dyuym kattalikda, FHD+ rezolyusiyada bo‘lishi, uning ostida barmoq izi skaneri joylashishi kutilmoqda.

Selfi kamerasi 12 megapikselli bo‘ladi. Orqa kamera moduli esa uchta datchikdan iborat bo‘lib, ular 48, 13 va 12 megapikselli bo‘ladi. Akkumulyatorga to‘xtalsak, gadjet 44 vattli tezkor zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi 4,500 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. vivo IQOO Pro 5G Android Pie'da ishlaydi. Operatsion tizim yuzasida kompaniyaning FuntouchOS 9 foydalanuvchi interfeysi bo‘ladi. Qurilmaning 4G talqini ham taqdim qilinadi, biroq 5G varianti keyingi avlod tarmog‘iga ulana oluvchi eng arzon aqlli telefon bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

O‘QING: "Jamoa! Brigada! Bizga qo‘shil!": Xiaomi, Vivo, Oppo va Realme birlashishdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!