AnTuTu’da yangi rekord, lekin bu Galaxy S20 ham, Mi 10 ham emas!

  •   DiMaX
  •  4016
  •  23.01.2020 12:35

AnTuTu’da yangi rekord, lekin bu Galaxy S20 ham, Mi 10 ham emas!

Snapdragon 865 protsessorli birinchi smartfon Mi 10 bo‘lishi uchun Xiaomi uni Galaxy S20 flagmanlar turkumidan oldin chiqaryapti. Mazkur qurilma AnTuTu benchmarkida kuchini ko‘rsatishga va DxOMark reytingida birinchi bo‘lishga ham ulgurgan.

O‘QING: Galaxy S20, S20+, S20 Ultra hamda Galaxy Z Flip narxlari kishini lol qoldiradi!

Lekin Qualcomm kompaniyasining ushbu flagman chipsetiga asoslangan eng kuchli smartfon umuman boshqa brendniki bo‘lishi mumkin. AnTuTu benchmarkida Snapdragon 865 protsessorli boshqa bir smartfonning rekord natija qayd etgan skrinshotini AndroidAuthority resursi e’lon qildi.

Naq 574 985 ballik yangi rekord Realme kompaniyasining RMX2071 model raqamli yangi smartfoniga tegishli. Taxminlarga ko‘ra, bozorga u Realme X50 Pro 5G nomi bilan taqdim etiladi.

O‘QING: Realme to‘rttalik kamerali arzon smartfonini va Xiaomi’ning uch xil gadjeti «kushanda»larini namoyish etdi

Oppo korporatsiyaga qarashli Realme brendining yutuqlari tahsinga loyiq – u bir yilda naq 500 foiz o‘sishga erishgan. Yaqinda u dunyodagi eng arzon 5G-smartfon – Realme X50 5G flagmanini taqdim etgan, shuningdek, birinchi bo‘lib 4G-smartfonlardan voz kechishini e’lon qilgan.

Aftidan, xitoylik kompaniya ushbu rekordchi – Realme X50 Pro 5G flagmanini fevraldagi Mobile World Congress 2020 (MWC 2020) ko‘rgazmasi arafasida ko‘rsatishi mumkin. Kim biladi, hali uni birinchilik borasida talashayotgan boshqa raqiblaridan ham oldin taqdim etib yuborishar...

Aytgancha, AnTuTu’da undan oldingi rekordchi Xiaomi Mi 10 bo‘lib, barcha smartfonlar orasida ilk bora besh yuztalik marradan oshgan va 560 217 ball olgan edi.

O‘QING: AnTuTu reytingi: Samsung, Huawei, MediaTek va Qualcomm – qay biri eng zo‘r?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.